195
Hadyalar va ularni taqdim yetish etiketi
Biz o‗z xursandchiligimizni boshqalar bilan baham ko‗rishga o‗rganib
qolganmiz va go‗zal urf odatlarga ergashgan holda bir-birimizga sovg‗alar hadya
etamiz. Ularning sababi hayit bayramlari, tug‗ilgan kunlar, 8 Mart, Yangi yil, hovli
to‗yi, to‗y (nafaqat yaqin qarindoshlaringiz, balki tanishlaringizniki ham bo‗lishi
mumkin) munosabati bilan hadyalar orqali bizga aziz odamlarga nisbatan bo‗lgan
muhabbatimizni va e‘tiborimizni ta‘kidlaymiz. Gul, manzur shirinlik kabi arzimagan
narsalar bilan ham insonni xursand qilish mumkin. Hadya qilish istagini yoshlikdan
tug‗dirish, sovg‗a bera bilishga va ziyofat qilishga bolalikdan o‗rgatish lozim.
Sovg‗alarni tanlashda e‘tiborli bo‗lishimiz lozim. Bu yerda sizga kashf qilish
qobiliyati va xayolot, izlanuvchanlik hamda zehni o‗tkirlik kerak bo‗ladi – bir so‗z
bilan aytganda nimaga qodir ekanligingizni ko‗rsatish imkoniyati paydo bo‗ladi. Bu
yerda did, farosat, ijodkorlik va odoblilik talab qilinadi. Sovg‗a izlashni oxirgi
daqiqalarga tashlab qo‗yishni maslahat bermaymiz. Shoshilinchda sifatsiz yoki
keraksiz narsani olib qo‗yish mumkin.
Sovg‗ani arzon-qimmatini olish har kimning imkoniyatiga bog‗liq. Haddan
tashqari saxiylik qilishga hammaning ham qurbi yetavermaganidek, imkoniyat
bo‗lgan hollarda xasislik qilish ham bema‘ninik hisoblanadi. Bu erda ham kishiga
bo‗lgan himmat rol o‗ynaydi.
Bayram kunlari uchun oldindan tayyorgarlik ko‗rilishi lozim: sovg‗a beriladigan
odamning didi, qiziqishlarini o‗rgangan ma‘qul. Maxsus holatlar uchun: gullar
(savatchada yoki qirqilgan), sovg‗aga monand maxsus nashrli kitoblar, billur idish,
osma soat, radiopriemnik, qimmati baland konfetlar sovg‗a qilinadi. Gastronomik
turdagi (oziq-ovqat bilan bog‗liq) sovg‗alar: tort, oliy navli choy, kofe, shokolad, uy
murabbolari. Pardoz anjomlari: yaxshi odekolon, loson, atir, pudra, pardo idish, ko‗z
tepasiga surtiladigan bo‗yoqlar to‗plami, nodir shampun.
Yoshi katta yaqinlarga kiyim-kechak sovg‗a qilsa ham juda o‗rinli bo‗ladi.
Masalan, otangizga do‗ppi, onangizga ro‗mol yoki chiroyli kiyimlik v.b. Bu
sovg‗alarda nihoyat darajada ehtiyot bo‗lmoq kerak. Bunda agar siz bunday
narsalarni sovg‗a qilmoqchi bo‗lsangiz, avvalo, uning pardoz anjomlariga allergiyasi
bor-yo‗qligi hamda qay darajada uning bu sovg‗alardan foydalana olish-olmasligini
bilish lozim. Kiyimlar va aksessuarlar: sharf, qo‗lqoplar, erkaklar ko‗ylagi, sumka,
shippaklar, paypoqlar, ro‗mol, yengga taqiladigan bezakli tugmachalar, bijuteriya,
manikyur to‗plami, kichik hamyon. Jonli sovg‗alar: mushuk bolasi, kuchuk bolasi,
qushlar, baliqlar bo‗lajak egalarning roziligi bilan!
Ro‗zg‗orbop sovg‗alar: dazmol, termos, choynak, serviz, sochiqlar to‗plamiga
ega dasturxon. Komandirovka yoki sayohatdan qaytishda qarindoshlar va yaqin
do‗stlarga suvenir yoki tabriknomalar sovg‗a qilinadi. Sovg‗ani siz tashakkur
bildirmoqchi yoki unga bo‗lgan e‘tiboringizni ko‗rsatish niyatida qarindosh yoki
196
tanishmi, do‗st yo begonagami – kim uchun mo‗ljallanganligiga qarab tanlaysiz.
Sovg‗ani g‗arazli maqsaddi qilishdan tiyilish darkor. Hadya qilishda o‗zingizni sir
saqlamang – ular sovg‗a oluvchilarni uzoq gumonlarda qolib kyetishiga sabab
bo‗ladi.
Sovg‗aning qiymati, qoida bo‗yicha ahamiyat kasb etmaydi va u faqat sizning
imkoniyatlaringiz bilan bog‗liq. Bunda faqat qimmatbaho sovg‗alarga tegishli
bo‗lgandagi imkoniyatlar cheklanishi mumkin: ularni sizga shu qiymat darajasida
qaytara olishga qurbi yetmaydiganlarga va bundan o‗zini noqulay his qiladigan
odamlarga bilib turib sovg‗a qilmaslik lozim. Boshqa tomondan esa o‗ta arzimas
sovg‗a orqali siz o‗zini haddan tashqari tejamkor qilib ko‗rsatib qo‗yish ham
mumkin. Yubiley, hovli to‗yi va to‗y tan‘tanalarida jamoaviy tarzda qimmatbaho
sovg‗alar qilish an‘anaviy tusga kirgan. Bolalarni xursand qilish oson – ular har
qanday kitob, konfet va o‗yinchoqlarga rozi bo‗laveradilar.
O‗z hadyangiz orqali siz bolaning qiziqishlarini rivojlanishiga yordam
berishingiz mumkin: tennis raketkasi yoki rolik bolani sportga nisbatan bo‗lgan
qiziqishini paydo qiladi. Qanday hajmdagi sovg‗a bo‗lsa ham uni qog‗oz qutiga gulli
sovg‗a o‗ramiga o‗rab berish bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
bunday shakldagi sovg‗anigina bolalar sovg‗a deb tan oladilar. Bolalarga pul berishni
tavsiya etmaymiz. Agar bu pullar kerakli narsa uchun sarf qilinsa, unda istisno
bo‗lishi mumkin.
Yor-do‗stlarga sovg‗a tanlash qiyin emas, chunki ularning didi va istagi
oldindan ma‘lum. Ularga har xil narsalar – ro‗zg‗or anjomlaridan tortib, pardoz-
andoz buyumlarigacha taqdim yetish mumkin.
Uylanishdan oldin hadya qilinadigan sovg‗alar oddiy iltifotlilik belgisinigina
bildiradigan bo‗lishi lozim.
Er-xotinlar turli xil sabablar bilan bir-biriga tez-tez sovg‗alar qilishni yoddan
chiqarmaliklari lozim. Asosan ular bir-biri bilan foydali sovg‗alar almashadilar,
ayniqsa, ularga sovg‗a tanlash oson, chunki bir-birlariga nima zarur ekanini hamda
nimadan mamnun bo‗lishlarini yaxshi biladilar Va albatta guldastasiz buni tasavvur
qilish qiyin. Universal sovg‗alardan biri – kitob. Uni istagan odamga va har qanday
xursandchiliklarda hadya qilish mumkin. Imkoni boricha sovg‗abop, chiroyli
bezatilgan, har qanday yangi, yaqin orada nashrdan chiqqan kitoblarni sovg‗a qilish
mumkin. Ayol kishini erkak kishiga bo‗yinbog‗ sovg‗a qilishiga maslahat
bermaymiz. (Bunday sovg‗a yaqin munosabatdagi kishiga beriladi turmush o‗rtoq,
aka–uka, o‗g‗il).
Pardoz ashyolarini sovg‗a qilish niyatingiz bo‗lsa ayol kishi bilan
maslahatlashish lozim. Erkaklarga shirinliklar – konfet, tort va b. narsalarni kamdan-
kam sovg‗a qilinadi. Bu odat shirinlikka nisbatan garchi, hamma erkaklar ham
be‘etibor bo‗lmasalar-da, erkak borasidagi tasavvurlar bilan uyg‗un bo‗lmagani
197
uchun bo‗lishi mumkin. Siz izlayotgan sovg‗ani tanlashda egasining yoshiga ham
e‘tibor berish lozim. Bu degani yoshlar va yoshi o‗tganlar uchun maxsus narsalar bor
degani emas, ammo yoshi katta odamga yorqin rangdagi bo‗yinbog‗ni sovg‗a qilish
bilan uni noqulay ahvolga solib qo‗ymaydigan va ayol kishiga qariyalar kiyadigan
matodan hadya qilib uni xafa qilib qo‗ymaslik uchun o‗zini madaniyatini ko‗rsata
bilishi kerak.
Pul berishingiz bu sizni ochiqchasiga ishbilarmonligizdan dalolat beradi.
Albatta, bunda sovg‗a foydali bo‗lgani bilan, u qiziqarlilik xususiyatini yo‗qotadi.
Bunday usullarni kamdan-kam va faqat yoshlarga nisbatan qo‗llagan ma‘qul
(masalan, yosh oilalarga to‗yana sifatida). O‗rin-joy (ko‗rpa yostiq uchun)
mo‗ljallangan ashyolarni (choyshab va b.) faqatgina eng yaqin oila a‘zolariga yoki
to‗yda sovg‗a qilish mumkin. Yymoristik tabiatdagi sovg‗alarga kelganda ehtiyotkor
va farosatli bo‗lish muhim. Sovg‗alarning ba‘zi turlari milliy belgilarga egaligini
yoddan chiqarmaslik joiz: Evropoda dastro‗mollar janjal va ko‗z yosh timsoli,
o‗zbeklarda yangi kelin sovg‗a qilgan dastro‗mollar tabarruklik kasb etadi, to‗ylarda
g‗arbda o‗tkir tig‗li va kesuvchi narsalar sovg‗a qilinmaydi, bizda bu boylik ramzi
hisoblanadi. Sovg‗ani berishda ham go‗zallik qoidalariga e‘tibor bilan qarab, uni
yaltiroq qog‗ozga chiroyli gulli tasmalar bilan o‗rab hadya qilgan ma‘qul. Sovg‗adagi
chek yoki qiymat narxini olib tashlashni unutmaslik muhim. Chek faqatgina
kafolatlangan muddat bilan o‗tkazilgan narsani sovg‗a sifatida hadya qilganida
saqlanishi mumkin.
Sovg‗ani qanday tarzda berish ham oson masalalardan emas. Sovg‗ani qay
tarzda taqdim yetishingiz uni qabul qilish doirasiga ta‘sir ko‗rsatadi. Shaxsan o‗zingiz
yoki boshqalar tomonidanmi taqdim etilishi – uni qanday yetkazishingiz ham
ahamiyatga molik. Sovg‗ani o‗z vaqtida yetikazilishini ta‘minlashga harakat qilish
muhim. Sovg‗ani biron bir joyga olib qo‗ymasdan, kiyimingizni yechgan zahoti
egasiga topshirish kerak. Bir og‗iz iliq so‗z bunda katta ahamiyat kasb etadi.
Nafaqat sovg‗a qilishni, balki uni olishni ham bilish kerak. Odobli inson
sovg‗aga darhol tashakkur bildirib, uni hadya qiluvchini oldida ochib,
minnatdorchilik bildiradi. Olingan sovg‗ani e‘tiborsizlik bilan olib qo‗yish o‗ta
madaniyatsizlikdir. Sovg‗a sizga yoqmagan taqdirda uning aybini hatto ishora yoki
kinoya bilan ham bildirmaslik shartdir. Har qanday sovg‗ani jilmayib olish lozim.
Agar ayol kishiga gul sovg‗a qilinsa, uni darhol guldonga qo‗ygani ma‘qul, gulni olib
shunchaki qo‗yib qo‗yish e‘tiborsizlikni bildiradi.
Minnatdorchilikni shunday tarzda ifodalash kerakki, siz xursand bo‗lgan
sovg‗adan, unchalik qiymatga ega bo‗lmagan sovg‗alarni hadya qilganlar yoki
umuman taqdim qilmaganlar o‗zlarini noqulay his qilmasinlar. Agar tort yoki konfet
olib kelishsa, o‗tirganlarni mehmon qilish yoddan chiqmasin. Agar ma‘lum bir sabab
bilan sovg‗ani olishni nomaqbul ish deb bilsangiz, undan ishonchli tarzda voz
198
keching, lekin buni odob doirasida bajarish kerak. Ikkilanib turib, so‗ng sovg‗ani
olish noto‗g‗ri bo‗lar edi. Agar kimdandir qarz bo‗lib qolishni istamaganingiz uchun
hadyalar olishni qat‘iyan rad qilsangiz, uni asosli tarzda sertakalluflik va odoblilik
bilan bildiring. Ammo bunda sovg‗ani qo‗ldan qaytarish baribir noo‗rinligini nazarda
tutish joiz. (Agar bu kasbiy odob bilan bog‗liq bo‗lmasa).
Do'stlaringiz bilan baham: |