O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

4
.
  Rahbar  shaxs  ma‘naviyati  konsepsiyasi  xalqimizning  milliy  mentaliteti  va 
dunyoviy  mezonlar  bilan    uyg‗un  bo‗lib,  u  ilmiy-nazariy  va  amaliy  jihatdan 
asoslangandir. 
5. 
O‗zbekistonda  rahbar  shaxs  ma‘naviyatining  shakllantirishning  ijtimoiy-
iqtisodiy, huquqiy va siyosiy asoslari shakllantirilgan. U davlat kafolatiga olingan. 
6.
 Ma‘naviyat masalalariga MDH davlatlari ichida birinchi bo‗lib O‗zbekistonda 
alohida  e‘tibor  qaratildi  va  shu  asosda  rahbar  shaxs  ma‘naviyati  konsepsiyasi 
shakllantirildi. 
Rahbar shaxs ma‘naviyati boshqaruv ilmida: 
-
 
muammoni hal yetishda shaxs omiliga tayanish
-
 
Shaxs imkoniyatlarini maqsadli yo‗naltirish; 
-
 
Shaxs imkoniyatlaridan foydalanish bilan  ahamiyatlidir. 
Bu  masala  fundamental  ravishda  tadqiq  etilishi  va  hayotda  keng  tatbiq  etilishi 
kerak. Shundagina rahbar shaxs ma‘naviyatiga doir yaxlit konsepsiya o‗z samarasini 
beradi va mustaqil O‗zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida hamon 
uchrayotgan  to‗siq  va  kamchiliklar  bartaraf  etilib,  ko‗zlangan  ulug‗  maqsadlarga 
og‗ishmay va tez sur‘atlar bilan  yetishish mumkin bo‗ladi.  
Rahbarlik  aql-farosat,  kuch-g‗ayrat,  izlanish  va  topqirlikni,  o‗z  ustida  tinmay 
ishlashni,  tadbirkorlikni  talab  qiladi.  ―Rahbar‖  tushunchasining  quyidagi  jihatlari 
ahamiyatlidir:  
1.  Rahbar    –  ijtimoiy  shaxs  sifatida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  va  ishlab 
chiqarish  resurslarini  birlashtirib,  uning  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchini 
boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxs. 
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul 
qiladi.  Bu  qaror  rahbarning  tadbirkorlik,  ishbilarmonlik  faoliyati  maqsadlarini 
belgilaydi.  
3.  Rahbar  o‗z  sohasiga  yangi  g‗oya,  yangi  tashabbus,  yangi  texnologiyalarni 
joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi. 
4.  Rahbar  mehnati,  ayni  vaqtda,  tadbirkorlikka  asoslangan  mashaqqatli 
faoliyatdir.  Unga  sarflangan  kuch,  mablag‗  ba‘zan  vaqtincha  foyda  emas,  zarar 
keltirishi,  muassasa  foyda  o‗rniga  zarar  ham  ko‗rishi  mumkin.  U  bunday  holatlarni 


106 
 
oldindan  ko‗ra  olishi  va  bunga  tayyor  turishi,  zarur  bo‗lganda,  faoliyatini  qayta 
boshlashi, o‗zida bunga kuch-g‗ayrat topa bilishi lozim.  
Yuqorida  keltirilgan  jihatlar  rahbarlik  faoliyatining  ma‘lum  aspektlarini 
namoyon  etadi.  Masalaning  ikkinchi  tomoni  -  rahbarlik  faoliyati  bilan 
shug‗ullanuvchi kishining shaxsi bilan bog‗liq yuksak insoniy fazilatlardan iboratdir. 
Rahbar  halol-pok,  vijdonli,  iymonli,  qattiqqo‗l,  diyonatli,  mehr-shafqatli  bo‗lishi 
kerak.  Rahbarlikka  egri  yo‗l,  egri  qo‗l,  egri  maqsad  bilan  erishib  bo‗lmaydi.  Fe‘l-
atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. 
Rahbar mustaqil bo‗lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma 
sohasi  bilan  shug‗ullana  olishi  lozim.  Shu  bilan  birga, u  o‗zi  boshqarayotgan  jamoa 
orasida obro‗-e‘tiborga ega bo‗lishi zarur. Rahbar faol bo‗lmasa, jamiyatda ijtimoiy 
faollik shakllanmaydi.  
Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‗lishidan qat‘i nazar, har bir rahbar oldida 
«o‗z  ishimga  talab  darajasida  yondashishim  uchun  nimalarni  bilishim,  qanday 
fazilatlarga ega bo‗lishim kerak?» - degan savol  hamisha ko‗ndalang turadi. 
Boshqaruvda tajriba, ko‗nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta. 
Ammo eng avvalo, boshqaruv – bu san‘at, aniqrog‗i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi 
san‘atkor uchun zarur bo‗lganidek, iqtidor va iste‘dod lozim. Ko‗rinadiki, har kimdan 
san‘atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. 
Rahbar  o‗z  qobiliyati,  iste‘dodini  ishga  solib  izlanadi,  shu  maqsadda  hayotni, 
odamlarni chuqur o‗rganadi. Natijada, to‗plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning 
umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‗zining rahbarlik usulini yaratadi, U o‗z 
boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin  Shaxsdir, ammo uning rahbarlik 
usuli ijobiy natija berishi kerak. 
Rahbarlik  faoliyatining  samaradorligi  rahbar  shaxsning  tafakkuri,  aql-idrokiga 
ham  bevosita  bog‗liq  bo‗ladi.  Tafakkur  rahbarga  keng  va  chuqur  fikrlay  olish, 
yaxshini  yomondan,  foydani  zarardan,  muhimni  nomuhimdan  bexato  ajrata  olish 
imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar 
rahbarda  shular  shakllangan  bo‗lsa,  unday  rahbar  boshqaruvning  sir-asrorlarini 
qiynalmasdan egallab oladi, o‗z jamoasi o‗rtasida obro‗ va ishonch qozonadi.  
Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va 
uddaburon,  harakatchan  va  shijoatli  bo‗lishi  ham  kerak.  Shuning  uchun  rahbarlik 
faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin.  
Rahbardagi  o‗ziga  xos  talabchanlik,  mehribonlik  hamda  mas‘uliyat  jamoa 
a‘zolarida  ham  javobgarlik  hissining  shakllanishiga  sabab  bo‗ladi.  Malakali  rahbar 
kadrlar  tizimini  muvaffaqiyatli  shakllantirish  uchun  ijtimoiy  psixologiya,  rahbar 
psixologiyasi,  boshqaruv  psixologiyasi  kabi  fanlarni  yaxshi  o‗zlashtirishi  uchun  bor 
imkoniyatlarini ishga solishi kerak. 


107 
 
Xullas, jamoaga rahbarlik qilish katta san‘at. Rahbar – ustoz, murabbiy, rahbar - 
millat tarbiyachisi, jamiyatimizdagi mas‘ul shaxs. Uning mashaqqatli mehnati natijasi 
o‗laroq, kelajak vorislari kamol topib boradi. Demak, rahbarlarga qaratilgan e‘tibor – 
Vatan taqdiriga qaratilgan e‘tibordir.  
Rahbar shaxslar avlodini shakllantirish aslida juda murakkab masala. Bu masala 
bilan  olimlar va davlat rahbarlar uzoq vaqt, izchillik bilan  Shug‗ullanganlar. Chunki 
odam  darhol  rahbar  bo‗lib  tug‗ilmaydi.  Izchil  tarbiya  va  tajriba  vositasida  iqtidorli 
kishilar rahbar Shaxsga aylana boradi.  
Shu 
o‗rinda  Amir  Temurning  rahbar  shaxsi  xususidagi  fikrlarini 
keltirmoqchimiz. U  bu  borada  quyidagi 12  talabga  javob bergan  shaxsni  rahbar deb 
hisoblashini yozib qoldirgan: 


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish