37
kishi ishlab o‗tirgan bo‗lsa, faqat ayol turgani uchun o‗rnidan turishni talab qilmasligi
lozim.
Ayollar! Ish sharoitida o‗z ayollik latofatingizni suiste‘mol qilmang. Ish
muammolarini ko‗z yoshi bilan hal qilishga intilmang. Va yana bir maslahat. Ish
stolni chiroyli sumkalar, shlyapa va atir-upalar chiroyli ko‗rsatmaydi. Ular uchun
boshqa joyni topgan ma‘qul. Telefon go‗shagini ko‗tarayotib
«Bu kim?»
deb
qiziqmang. Buni faqat kotiba muloyimlik bilish imkoniyatiga ega.
«Kim so„rayapti?»
deb so‗rash mumkin. Ayni paytda telefon suhbatlariga doir bir narsani aytib o‗tiz
joiz. Imkon qadar ishxonada telefonda kamroq va qisqaroq so‗zlashish lozim. Ammo
agar iloji bo‗lmasa, buni yarim ovozda ham qisqaroq shaklda olib borish mumkin.
Ishxonadagilarni yo‗qotilgan kalit yoki tikuvchi bilan bo‗lgan uchrashuvga doir
masalalar bilan boshlarini qotirmang. Ishxonadagi alohida jamoa o‗rtasida xodimlar
tug‗ilgan kunlarini nishonlash rusmga aylanib qolgan. Rusm bo‗lgani o‗z-o‗zidan
yaxshi, ayyom qanchalik tor doirada bo‗lsa, shuncha yaxshi. Tabriklar qabul
qilayotgan ayyom sababchisi o‗rnidan turadi. Bunga javoban oddiy o‗tirishni taklif
qilish mumkin: kofe, shirinlik. Haddan ziyod mehmondorchilikka berilmaslik ma‘qul.
Ish sharoitida bu noqulayliklarni tug‗diradi va keyingi tug‗ilgan kun egasini
«qiynab»
qo‗yishi mumkin. Aynan mana shunday vaziyatlar chiroyli rusmlarni falokatga
aylantiradi. Agar sovg‗a sifatida shirinlik olgan bo‗lsangiz, atrofdagilarni u bilan
mehmon qiling. Rahbarning tug‗ilgan kunini mavjud muassasining rusmiga qarab
nishonlanadi. Rahbarni tabriklashning eng mos shakli – uning ish stoliga gullarni
qo‗ymoqdir. Lekin baribir xodimlar rahbarga sovg‗a qilishni istasalar, unda eng
yaxshisi – o‗rtame‘yona, qimmat bo‗lmagan, masalan, shirinliklar, kamyob mevalar,
kuldon yoki stol uchun mayda-chuyda narsalar, albom, kitoblar sovg‗a qilish
mumkin. Yaxshi tashkillashgan, kirishimli jamoalarda karmon, portfel yoki qo‗lqop
ham hadya qilish mumkin. Muassasa rahbari ayniqsa, yoshroq bo‗lsa, yoshi ulug‗
xodimlar va ayollar bilan birinchi bo‗lib ko‗rishadi. Bo‗limga kirib kelgan rahbar
birinchi bo‗lib so‗rashadi. Bu qoidada istisno jihatlar mavjud emas. Xodimlar javob
beradi, ammo o‗rinlaridan turmaydilar. O‗zining xonasida rahbar oldiga bir masala
bo‗yicha kelgan ayol xodim uchun o‗rnidan turmaydi. Suhbat uzoqqa cho‗zilgan
taqdirda, rahbar xodimga o‗tirishni taklif qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: