TASHRIFNOMALAR (VIZIT KARTOCHKALARI ) – u yoki bu inson
haqidagi ma‘lumotlar berilgan narsa. Kelib berilgan tashrifnomalarning o‗ng
burchagi uning egasi tomonidan bukib qo‗yiladi. Bu shaxsiy tashrif ma‘nosini
anglatadi. Yuborilgan tashrifnomalarning burchagi esa bukilmaydi. Olingan va qabul
qilingan tashrifnomalarga 24 soat ichida javob berish qabul qilingan.
Tashrifnomalarning kesmasi tilla rangda bo‗lishi tavsiya qilinmaydi. Ular yozuvi
qora rangda bo‗lishi kerak. Tashrifnomalar shaxsiy guvohnoma o‗rnini egallaydi.
Ular odatda ingliz tili yoki yashab, xizmat qilinayotgan davlatning rasmiy tilida chop
etiladi. Tashrifnomalar ism, familiya, lavozim, ish manzili va telefon raqami kabi
232
ma‘lumotlarni o‗zida mujassam etadi. Tashrifnomalarni boshqa kishiga bera turib
ovoz chiqarib ismi-sharifini aytib, o‗zini tanishtirish lozim.