XALQARO ETIKET
- xalqaro etiketning asosiy xususiyatlari uning
universalligidadir. Turli mamlakatlar vakillarining, siyosiy qarashlar va turli dinlarga
e‘tiqodning, milliy an‘analar va psixologiyaning, turli hayot tarzi va
madaniyatlarning bevosita muloqotlari xalqaro etiketning asosini tashkil etadi. Har
bir millatning ehtirom qoidalari bu milliy urf~odatlar va xalqaro etiketning murakkab
uyg‗unligidir. Bugungi kunda zamonaviy xalqaro etiket barcha mamlakatlar va o‗tib
ketgan avlod-ajdodlar madaniyatining eng qimmatbaho qismini o‗zlashtirib
kelmoqda. Uning rivojlanib borish jarayoni davomida u turli mamlakatlar vakillari
muloqoti orqali xalqlarda mavjud eng yaxshi ehtirom normalarini mujassam qilgan
holda boyitilib bormoqda. Har bir mamlakat o‗z etiket tamoyillariga ega va ular
xalqaro etiketning ajralmas qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |