MUROJAAT QILISH
- Murojaat qilish (obrashenie) - insondan ko‗p narsani
talab qilmaydi. U insonni tarbiya ko‗rganligidan dalolat beruvchi harakatlar
majmuasidir. Murojaat qilish har–xil bo‗lib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay
paytda, suhbatdosh bilan o‗rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi.
Murojaat qilib aytilayotgan so‗zlar nafaqat unga bo‗lgan hurmat, balki o‗z
maqsadiga erishish uchun ham qo‗llanadi. Insoniy munosabatlar asosida
aytilayotgan so‗zlar faqat axloq normalariga bo‗y sunadi, bu esa qarindoshlar
o‗rtasidagi, sevishganlar o‗rtasidagi, er–xotin o‗rtasidagi, do‗stlar yoki mansabdor
shaxs va qo‗l ostidagi inson bilan bo‗ladigan munosabatlarda qo‗llaniladigan
so‗zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‗linadi: ular –
rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |