O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

Uchinchi  usulni
  qo‗llar  ekanmiz,  vertikal  tarzda  ushlab  turilgan  sanchqini 
makaronga  qadab,  shu  vaziyatda  kerakli  darajadagi  ulushni  o‗rab  olamiz. 
Asosiy 
qoida:
sanchqiqa ikki-uchtadan ortiq makaron olinmasligi darkor.  
Shirin nonni aynan shu uchun mo‗ljallangan sanchqilar bilan yeyish yaxshi. Aks 
holda, qoshiqchadan foydalangan ma‘qul. Quruq shirin pishiriqlarni qo‗lda ham yesa 
bo‗ladi. 
 
 


194 
 
Tilak bildirish 
Mehmon  sog‗lig‗i  uchun  aytilgan  tilaklar.
  Agar  mezbon  biror-bir  mehmon 
uchun  tilaklar  izxor  qilsa,  unda  to  mehmondorchilik  tugagunga  qadar  u  qolgan 
mehmonlarni nazardan qoldirmasligi lozim . 
Mehmonlar bo‗lsa, faqat kechaning sababchisi uchungina tilak bildiradilar. Agar 
tilak uy egasiga aytilgan bo‗lsa, uy bekasi ham chiroyli izhorlardan qolib ketmasligi 
lozim.  Tilak  aytilgan  vaqtda  dasturxon  atrofidagilar  uni  izhor  qilayotgan  kishiga 
nisbatan  hurmatni  ko‗rsatish  uchun  yemak  jihozlarini  likop  chetiga  qo‗yib,  o‗zaro 
suhbatlar va tanovulni to‗xtatib diqqat bilan tinglaydilar. Tilak uchun eng qulay vaqt 
ovqatlar  orasidagi  tanaffusdir,  chunki  bu  vaqtda  odamlar  ovqat  yeyishdan  to‗xtagan 
bo‗ladi, ovqat sovumaydi va hammaning diqqati notiqda bo‗ladi.  
Dasturxonga ovqat tortilayotgan va odamlar ishtaha bilan yeb turgan vaqtda so‗z 
boshlamaslik  kerak.  Yaxshilab  gapirilgan,  jonli  va  qisqa  tilak  ziyofatni  qizitib, 
jonlantirib  yuboradi.  Nutqning  qisqa  va  tushunarli  bo‗lishi  –  asosiy  shartdir. 
Tantanali  qabullarda  odatda,  erkaklar  tilakni  o‗rinlaridan  turgan  holda  tinglaydilar, 
ayollarni turishlari shart  emas.  Agar  izhor  qiluvchi  tilakdan oldin bokal  to‗ldirilgan 
vinoni  ko‗krakka  qadar ko‗tarib  olgan bo‗lsa, unda boshqa  erkaklar  ham  xuddi  shu 
vaziyatda  turadilar.  Agar  izhor  qiluvchi  tilakdan  avval  bokalni  qo‗lga  olmasa,  unda 
boshqa  erkaklar  ham  tinglayotganlarida  xuddi  shu  vaziyatni  saqlaydilar,  faqatgina 
tilak nihoyasiga yetgandan so‗nggina, odatda tilak aytuvchi so‗zini tugatgach, bokalni 
qo‗liga  olganda,  ular  bokallarni  qo‗llariga  oladilar.  O‗z  nomiga  aytilgan  tilakning 
egasi tilak bilan javob bermog‗i darkor.  
Tilakda  aytilgan  maqtovlarni  ayol  kishi  tabassum  bilan  qabul  qilib,  boshqalar 
turgan  bo‗lsalar  ham  o‗z  joyida  o‗tiraveradi.  Bu  paytda  u  qo‗lida  vino  to‗ldirilgan 
bokalni, to izhor tugagunga qadar ushlab turadi. Aslida olganda, tilak aytilgan izhor 
«egasi»  hech  qachon  to  boshqalar  ichmagunlariga  qadar  ichimlikdan  ichmaydi,  aks 
holda  esa  u  o‗zi  uchun  o‗zi  qadah  ko‗tarib,  nokamtarinlik  qilgan  bo‗ladi.  Stol 
qarshisida o‗tirgan ayol bilan tilak bildirgan kishi uning nigohini 
«tutib olib»
 qadahni 
nomiga ko‗tarib bajaradi. U agar boshqalar turmasalar yoki bunga bir asos bo‗lmasa, 
o‗rnidan turmaydi. Agar juftlik xoli o‗tirishgan bo‗lsalar, tilak sifatida erkak bir-ikki 
og‗iz  yarim  hazil  so‗zlar  bilan,  masalan, 
«chiroyli  ko„zlaringiz  uchun»,  «baxtli 
daqiqalar  uchun»
  ichishga  taklif  qilish  bilan  kifoyalanadi.  Evrupo  davlatlarida 
ba‘zida  tantanali  tilaklardan  keyin  ichib  bo‗lgan  qadahni  yerga  urib  sindiradilar. 
Bizda  esa  biror  narsani  sinishi  yaxshilik  alomati  deb  hisoblanmaydi.  Rasmiy 
tushliklarda  tanovul  tugagunga  qadar  tilaklar  aytilmaydi  va  ular  tantanali  nutqlar 
oldidan aytiladi. Ilk tilakni soqiy aytadi, qolganlarini esa  – uning ruxsati bilan izhor 
qilishadi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish