108
rahbar Shaxsiga doir yangicha talqinlari ilmiy asoslarga egadir. Bu ma‘noda Birinchi
Prezidentimiz I.Karimovning mana shu fikrlari diqqatga sazovordir: ―Ayrim
rahbarlarning g‗alati hislatlari haqida gapirmoqchiman. Ular qo‗l ostidagi odamlarga
yetarli e‘tibor bermaydi, o‗zidan yuqori amaldorlar oldida esa, sakkiz bukilib salom
beradi. Ishni bilmaydi desangiz, o‗z manfaati yo‗lida kallasini shunday ishlatadiki,
hayron qolasiz!‖.
28
Birinchi Prezident ilgari surgan rahbar shaxs konsepsiyasida yetakchilarning
vakolatlari masalasida erkinlashtirish masalasi muhim o‗rin tutadi. Unga ko‗ra,
rahbar shaxslar qonuniy asosdagi vakolatlaridan unumli foydalanishlari kerak.
Buning uchun Islom Karimov rahbar shaxslarni ma‘naviy rag‗batlantirish yo‗lidan
boradi. Bir o‗rinda u: ―Viloyat hokimlari hukumatimizning joylardagi vakolatxonasi,
hokimlar esa Birinchi Prezidentning vakillaridir‖,
29
deydi
Islom Karimov o‗zbek davlatchiligi boshqaruvi tarixida yangi, o‗ziga xos rahbar
shaxs talqinini taqdim qildi. Uning mohiyati fikrda o‗z ifodasini topgan: ―Rahbarlik –
lavozim, mansab emas, avvalo, odamlarga xizmat qilish. Rahbar degani hammadan
ko‗proq ishlab, fuqarolar saodati va yurti ravnaqi uchun yelib yuguradigan fidoyi
inson bo‗lishi kerak‖.
30
Davlat xizmatidagi xodimlarning huquqiy va axloqiy madaniyati bir-biriga
mutanosib bo‗lishi kerak. Shu munosabat bilan mansabdor shaxslarda siyosiy
hislatlar bilan bir qatorda, axloqiy fazilatlarni shakllantirish zaruriy holdir. Axloqiy
barkamollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri
hisoblanadi.
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
o‗zining
Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va
2017 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlari‖ga
bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasida:
―Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi –
o‗zimiz mas‘ul bo‗lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash
asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas‘uliyat bilan bajarishni
ta‘minlashdan iborat.
Shunday
davr
keldi,
31
‖- bejizga ta‘kidlamagan.
Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‗zgarmas axloq yo‗q. Axloq tarixan o‗zgaruvchan
va nisbiy mustaqillikka ega bo‗lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu xususiyatlari
umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo‗lgan
kasb axloqida
ham yaqqol
namoyon bo‗ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo
28
Karimov I.A.Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: ―O‗zbekiston‖, 1996. - B 43.
29
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‗lidan. 4-jild. – T.: ―O‗zbekiston‖, 1996, - B.135.
30
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: ―O‗zbekiston‖, 1996. - B.45.
31
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‗nalishlari‖ ga
bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasi. www.gov.uz.
109
bo‗lishi mehnatning bir turi bilan band bo‗lgan kishilar guruhining kasb - hunar
jihatidan ajralib chiqishiga va Shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxassislikning
vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. Bu esa har bir insonning qilayotgan mehnat tarziga,
mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan muayyan turdagi harakatlar va ruhiy
quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o‗ziga xos ko‗nikmalarni vujudga
keltiradi. Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‗z kasbi doirasida
odamlar bilan muntazam munosabatda bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: