O’zbekiston respublikasioliy va o’rta мaxsus ta’lim vazirligi


ASOSIY QISM 1.Oltin O‘rda davlatining tashkil topishi



Download 2,09 Mb.
bet2/6
Sana06.03.2022
Hajmi2,09 Mb.
#484478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5240461400836412877

ASOSIY QISM
1.Oltin O‘rda davlatining tashkil topishi.
O‘zbek adabiyoti turli davrlarda ko‘p buhronlarni boshidan kechirdi. Ma’lum bir zamonda adabiyot tanazzulga yuz tutgan bo‘lsa, boshqa bir davrda taraqqiy etdi, yuksaldi. Markaziy Osiyodagi ijtimoiy- siyosiy hayot adabiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. CHingizxon va uning avlodlari hukmronligi davri bunga yaqqol namuna bo‘la oladi. Binobarin, chingiziylar zamonida o‘zbek adabiyotining taqdirida kutilmaganda keskin o‘zgarishlar paydo bo‘ldi.
CHingizxon istilosidan keyin uning avlodlari Osiyo va Evropaning turli hududlarida o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. CHingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji – Sirdaryoning shimoliga cho‘zilib ketgan qora xitoylar davlatini mulk qilib olgan edi. Ikkinchi o‘g‘li CHig‘atoy esa O‘rta Osiyoda, O‘ktoy xon (Ugaday degan nom bilan ham yuritiladi) - Jung‘oriyada, Tuluy - Mo‘g‘ulistonda hukmronlik qildilar. Mazkur davlatlarning tarixdagi o‘rni to‘g‘risida o‘sha davr muarrixlarining asarlaridan ma’lumot olish mumkin.
Oltin O‘rda davlati o‘z mavqei va tarixda tutgan o‘rniga ko‘ra, CHingizxonning boshqa o‘g‘illari hukmronlik o‘rnatgan davlatlardan tamomila farq qiladi. Oltin O‘rda CHingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jining nomi bilan bog‘liq bo‘lsa ham, bu davlatning hududi kengayishida va rivojida uning o‘g‘illari xizmatlari katta bo‘ldi. Jo‘ji otasidan oldin vafot etdi. Jo‘jining ikkinchi o‘g‘li Botu Evropani zabt etib, g‘arbga tomon o‘z davlati hududini kengaytirdi. Jo‘jining uchinchi o‘g‘li Tovka Temur Itil daryosining yuqori oqimini - Bulg‘oristonni mulk qilib oldi. Jo‘jining to‘rtinchi o‘g‘li SHaybon keyinchalik qirg‘iz deb nom olgan cho‘l hududiga hukmronlik qildi. Beshinchi o‘g‘li Tuvol bajnoqlar (no‘g‘aylar nomi ostida mashhur bo‘lgan xalq) ustidan hukmronlik qildi.
Oltin O‘rda bu davlatlar orasida alohida iz qoldirdi. Oltin O‘rdaning davlat tuzumidan ham ko‘ra, mamlakatdagi madaniy muhit g‘oyat muhimdir. Avvalo, “Oltin O‘rda” degan nom va hududi to‘g‘risida.
“Oltin O‘rda” nomi arab va Eron manbalarida deyarli uchramaydi. Rashididdinning “Jome’-ut-tavorix” kitobida shunlay voqea keltiriladi: “To‘rtinchi yili – ot yilida CHmingizxon o‘zining o‘rdasida bo‘ldi, kuzda esa o‘sha erdan jangga otlanib, tangutlarning muhim shaharlaridan birini qo‘lga oldi. Bu shaharni Irigay deb ataydilar”. CHamasi, Oltin O‘rdaga asos bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Zotan, Oltin O‘rda tashkil topa boshlaganda, CHingizxon hayot edi.

“Oltin O‘rda” degan nom rus tarixiy manbalarida uchraydi, xolos. SHarq manbalarida bu davlat Jo‘ji ulusi yoki Ko‘k O‘rda deb yuritilgan. Rashididdinning uch jildlik bu asarida Oltin O‘rda to‘g‘risida umuman ma’lumot yo‘q. CHamasi, Rashididdin CHig‘atoy ulusida va Eronda hukm surgan mo‘g‘ul elxonlari tarixinigina yoritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
“Oltin O‘rda” degan nom dastlab CHingizxon o‘rdasiga nisbatan qo‘llangan. CHingizxon vafotidan keyin esa Jo‘ji ulusining nomi deb tushunilgan. Jo‘ji otasi CHingizxondan oldinroq vafot etdi (Bu haqda “Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asari”da ham qiziqarli rivoyat berilgan). Jo‘ji vafotidan keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li O‘rda taxtga o‘tirdi. Jo‘jining ikkinchi o‘g‘li Botu otasi ulushini g‘arbga tomon kengaytirdi. Jo‘jining uchinchi o‘g‘li Tovka Temur Bulg‘oristonni – Itil daryosining yuqori oqimini meros qilib oldi. To‘rtinchi o‘g‘il SHaybon cho‘lga egalik qildi. Jo‘jining beshinchi o‘g‘li Tuvol bajnoqlar (no‘g‘aylar) ustidan hukmronlikni qo‘lgi kiritdi. Bu hududlarni garchi o‘g‘illari mustaqil boshqarsalar ham, hammalar Botu xonadoniga itoat etar Jo‘jining edilar. Botu aka-ukalariga qaraganda kuchli edi. SHu boisdan ham otasidan qolgan hokimiyatni mustahkamlashga kirishdi va o‘z davlatining poytaxtini Itil daryosi bo‘yida barpo qildi. Bu poytaxt shahar Saroy deb nomlandi. Botuning qo‘l ostidagi hamma qavmlar Oltin O‘rda nomi ostida birlashdi. “Oltin O‘rda” nomi Sir O‘rda, ya’ni “oltin qarorgoh” ma’nosidadir.
Xullas, Oltin O‘rda juda katta hududni – shimoli- sharqda Bulg‘or viloyatini, shimolda rus knyazliklari erlarini o‘z ichiga olgan; janubda Qrim va uning dengiz bo‘yidagi shaharlarini, Darbandgacha cho‘zilib ketgan Kavkaz, hatto Bokugacha bo‘lgan joylarni, shuningdek, SHimoliy Xorazmni qamrab olgan. G‘arbiy hududi Dnestrdan boshlangan dasht o‘lkalar, sharqda – G‘arbiy Sibir va Sirdaryo etaklarigacha shu davlatga qaragan. CHingizxon saltanati yiqilgandan keyin Kaspiydan tortib Oltoygacha CHig‘atoy ulusi tashkil topdi. Agar Oltin O‘rda davlatining etnik tarkibiga nazar tashlasak, bu davlat hududidagi asosiy aholi turkiy qavmlardan tashkil topganiga amin bo‘lamiz. SHu sababdan “Oltin O‘rda qandaydir bir xalqning normal rivojlanishi asosida tashkil topgan davlat emas, balki birovlarning erini zo‘ravonlik bilan bosib olish orqasida vujudga kelgan sun’iy bir davlat bo‘lgan edi”

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish