Mustahkamlash uchun savollar:
1. Ta’lim qoidalari, qonuniyatlari nima va ularni o’zlashtirishda qanaqa muammolar mavjud?
2. Nima uchun o’qituvchi ta’lim qoidalariga amal qilishi darkor?
3. Maktab ta’limida ta’limning qanday qoidalari mavjud va ularning mazmunini qanday izohlaysiz?
4. ta’lim qoidalarini amaliyotga eoriy qilishda qanday pedagogik muammolar mavjud va ularni qanday bartaraf etish mumkin?
5. Ta’lim qoidalarini o’zlashtirmasdan o’quvchilarning bilishini ba’minlash mumkinmi?
5-mavzu:
O’QITISH METODLARI VA VOSITALARI
REJA:
1. Ta’lim metodlari haqida tushuncha.
2. Uslub va vositalar, ularning mohiyati.
3. Ta’limning og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari.
4. O’qitishning reproduktiv va muammoli izlanish, induktiv-deduktiv usullari.
Tayanch so`z va iboralar
Metod, uslub, vosita, ta’lim metodi, /usul/ og`zaki usul, hikoya, suhbat, ma’ruza, illyustratsiya, demonstratsiya, ekskursiya usuli, yozma mashq, laboratoriya ishlari, muammoli usul, reproduktiv usul, muammoli vaziyat yaratish, induktiv usul, deduktiv usul, o’quv faoliyatini rag`batlantirish, tanbeh berish, og`zaki nazorat
Metod - yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan ma’noni beradi, ya’ni maqsadga erishish yo’lidir
Vosita - metodlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari, asbob-uskuna, qurol, apparat, kompyuterlar va boshq.
O’tilgan «Ta’lim tamoyillari» mavzusida biz quyidagi tayanch iboralarga asoslanib mavzuni idrok etgan edik:
Qonuniyat; ta’lim qoidasi; ta’limning ilmiyligi, tizimliligi; ta’limda faollik va boshqalar.
Topshiriq:
1. Ushbu tushunchalarning mohiyatini ochib bering.
2. Ta’lim tamoyillarining mazmunini izohlab bering.
Yangi mavzu: Ta’lim vetodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Ta’lim usullari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Ta’lim usullari har ikkala faoliyatning a) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, b) o’quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llanadigan yo’llarni o’z ichiga oladi. Ta’lim berish o’qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo’lgan ustozgina mavzuni talabalarga maxorat bilan yetkazib beradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o’z o’rnida foydalaniladi.
«Mеtоd» so`zining yunоnchа tаrjimаsi «tаdqiqоt, usul, mаqsаdgа erishish yo`li» kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Filоfоsiya sifаtidа ushbu tushunchа umumiy tаrzdа «mаqsаdgа erishish usullаri»1 dеya shаrhlаngаn.
Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Metodlar o’quvchilarning yoshiga ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi.
Metodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
2-7.chizma
Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilarining bilim saviyasi, o’zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo’llaniladi:
ta’limning og’zaki metodi;
ta’limning amaliy ishlar metodi;
ta’limning ko’rgazmali metodi;
muammoli evristik modellashtirish metodi;
- o’qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi;
o’qitishning induktiv va deduktiv metodi;
o’qitishda rag’batlantirish va tanbeh berish metodi;
o’qitishda nazorat va o’z-o’zining nazorat qilish metodi.
Metodlar o’z navbatida guruhlarga bo’linadi.
Ta’lim metodlarini solishtirib o’rganish maqsadida quyidagi shakldagi T-Chizmadan foydalanamiz (uning mohiyati va qo’llanish qoidalari oldingi mavzularda berilgan)
Ta’limning og’zaki metodlari
|
Ta’limning amaliy metodlari
|
Ta’limning muammoli metodlari
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
2-8. chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |