6-modda: 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof etadilar.
2.Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar. BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasida 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti - bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar o‘z yurisdiksiyasi doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qilishi va adilar hamda ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan
qabul qilingan. 1990 yil 2 sentyabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan
O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘z R Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi N 757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabat-larni tartibga solishdan iborat. Mamlakatimizda bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, farzandlarimizning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng muhimi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Farzandlarimiz bizdan afzalroq, bizdan o‘tkirroq, bizdan pokroq, savob ishlarni bizdan ham ko‘proq qiladigan bo‘lishlari lozim. Ular jahon umumbashariy yutuqlarini egallashi, tariximizni, madaniyatimizni, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni chuqur bilmog‘i kerak. Bizning asosiy kuch-qudratimiz va kelajagimiz ana shunda. Bugun zo‘r umidlar bilan qurayotgan yangi jamiyatimizning mazmun- mohiyati ham aslida ana shundadir”,- degan so‘zlari bejiz emasdir. Shuni ta’kidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun O‘zbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek ularning himoyasiga alohida e’tibor berilgan. Ma’lumki, bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga muvofiq bolada
tug‘ilishi bilanoq uning huquq va erkinliklari vujudga keladi hamda u davlat tomonidan kafolatlanadi. Bolalarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaga muvofiq holda takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
2008 yil 7 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi. Qonunning maqsadi, bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Mazkur Qonunda “bola ”, “bolaning qonuniy vakillari”, “vasiylik va homiylik”, “etim bola”, “jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola”, “ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar”, “nogiron bola”, “ota- onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar”, “ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola” tushunchalari, shuningdek, bola huquqlarining asosiy kafolatlari hamdaijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi davlat tomonidan o‘sayotgan avlodga ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlikning, shuningdek bola huquqlarini himoyan qilishni amalga oshirishni yangi darajaga ko‘tarilishiga zamin yaratadi.
Farzandlarning yashashi, kamol topishi uchun oila birdan-bir makon va tabiiy muhit bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 2-moddasiga asosan, bola tug‘ilgan va yashab turgan oilaga uning farovon hayot kechirishi va kamolga etishi haqida g‘amxo‘rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatiladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov bola tarbiyasi haqida shunday degan edi: “Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki hayotining ma’nosi qobil farzandlar o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko‘rish, ota-onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga etkazishdan iboratdir”
Shuning uchun ham ota-onalar bolalarni ona vataniga sodiq, mehnatsevar, ishbilarmon va jamiyat qurilishining faol ishtirokchilari qilib tarbiyalashlari lozim.
Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashda huquqiy normalarni bilish, davlat va uning qonunlarini hurmat qilish ham muhim rol o‘ynaydi. Huquqiy me’yoorlar yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, davlat va jamiyat oldidagi o‘z burchlarini to‘g‘ri tushunish va uni og‘ishmay amalga oshirish ruhida tarbiyalaydi.
Jumladan, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning bolalariga ta’lim-tarbiya berishga oid huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ham belgilab berilgan.
Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari,- deyiladi Qonunning 30-moddasida, bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar. Shu bilan birga ota-onasi tarbiyasidan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalarning oilada tarbiyalanish huquqini ta’minlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanadi. Vasiylik va homiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalarni farzandlikka berish, oilaga tarbiyaga berishlari ularning oilada tarbiyalanish huquqidan foydalanishlarini ta’minlaydi.
Shuning uchun huquqiy tarbiyani amalga oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Bola dunyoga kelgach, oila, bog‘cha, maktab va mahalla quchog‘ida yashaydi, voyaga etadi va tabiiyki tarbiya ham oladi. Bola ongida huquqiy madaniyatni o‘stirishda oila, bog‘cha, maktab, mahalla va jamoat tashkilotlari hamkorligini yaratish bolaning huquqiy bilim saviyasini oshirishga yordam beradi.
Yoshlarga huquqiy tarbiya berish shaxsning to‘g‘ri o‘sib-ulg‘ayishini ta’minlaydi, uni burch va vazifalarni bilib olishga, qonunlarga hurmat bilan qarashga o‘rgatadi. Bolalarga huquqiy tarbiya berish biroz qiyin va ayni paytda mas’uliyatli vazifa hamdir. Bu borada Adliya vazirligiga bir qator vazifalar yuklatilgan. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonning huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo‘ldi.
Mo‘ljalangan maqsadga ko‘ra, u bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy ob’ekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, uning moddalarining yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma’qullangan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e’lon qilingan va shu kundan kuchga kirgan bo‘lib, qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:
I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)
II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)
III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha
kafolatlari (24-29- moddalar)
IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar) “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 07.01.2008 y. N O‘RQ-139 Mazkur Qonunga O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-239-son Qonuniga muvofiq o‘zgaritirishlar kiritilgan
1-bob. Umumiy qoidalar (1-6-moddalar)
2-bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23-moddalar)
3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining
qo‘shimcha kafolatlari (24-29-moddalar)
4-bob. YAkunlovchi qoidalar (30-32-moddalar)
Do'stlaringiz bilan baham: |