1) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
3) Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham
berish to‘g‘risidagi konvensiya;
4) Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va Qiynoq va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa turlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro shartnomalariga ham tayanadi. BMTning 6 ta asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |