Nazorat uchun savollar
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qanday dastur?
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ta’lim tizimidagi vazifalarini ayting
3. Kadrlar tayyorlash milliy dastuning yo’nalishlari haqida gapiring
4. Kadrlar tayyorlash milliy dastuning mazmunini yoriting
3-MAVZU: ILK VA Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari.
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga ilk va makatabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari to’g’risida bilimlar berish.
Asosiy savollar:
Ilk va makatabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablarining
Tayanch so’zlar va iboralar: davlat talablari, ta'lim tizimi, tamoyil, “Ta'lim to`g`risida”gi qonun, uzluksiz ta'lim, Milliy dastur.
Asosiy o’quv matyeriali qisqacha bayoni.Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standarlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini byeruvchi indikatorlarni belgilaydi. Ushbu hujjat, birinchi navbatda, oilalarga bolaning to’laqonli rivojlanishi, ta'lim-tarbiyasida, uni maktabda ta'lim olishga samarli tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.
U maktabgacha ta'limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat'iy nazar, maktabgacha ta'lim muassasalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda barcha bolalarning tenghuquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo’naltirilgan.
Ushbu hujjat O’zbyekiston Ryespublikasi hududida , mulk shaklidan va qaysi tashkilot tasarrufida ekanligidan qat'iy nazar, quyidagi ta'lim muassasalarida qo’llanilishi majburiydir:
-umummiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida;
-maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo’lgan «Mehribonlik» uylarida, kichkintoylar uylarida;
-maktabgacha va boshlang’ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida;
-maktabgacha ta'lim uchun kadrlar tayyorlovchi o’rta-maxsus va oliy ta'lim muassasalarida;
-maktabgacha ta'lim bo’yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tadbiq etuvchi muassasalarda.
Davlat talablarini ishlab chiqish asosida bola shaxsi rivojlanishining 5 ta yo’nalishi olingan (jismoniy rivojlanish, o’z o’ziga xizmat va gigiyena; ijtimoiy - hissiy rivojlanish; nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni, atrof olam to’g’risidagi bilimga ega bo’lish va uni anglash). Bu 5 ta yo’nalish bo’limlarga bo’linib, birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.
Qayta ishlangan talablar jamiyatning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi haqidagi bilimlarini yaxshilashga, tarbiya sohasida ota-onalarning ko’nikmalarini mustahkamlashga, shuningdek muassasalarda ta'lim dasturlari va metodikalarini baholashga qaratilgan.
Ushbu hujjat bolalarga sharoitini yaxshilash, ularning bolalik xuquqini ta'minlash sifatida qo’llanilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |