O‘zbekiston respublikasioliy ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 280,67 Kb.
bet2/11
Sana31.07.2021
Hajmi280,67 Kb.
#134040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sxemalarda ishlaw 1

ASOSIY QISM

I-BOB.

1.1 ILK MEXANIK MANBALAR

Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo‘lib, dastlab u tarnovlari bor sopol plastinka shaklida bo‘lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar taxlangan. Uning paydo bo‘lish davri eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Paydo bo‘lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o‘rtasida Yevropada abak kataklarga bo‘lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham ishlatiladigan ilg‘or kashfiyot - qo‘l hisoblagichlari ham paydo bo‘ldi.

Shu bilan bir vaqtda hisoblashni avtomatik tarzda bajarishga ega bo‘lgan boshqa asbob, soat ham ixtiro etildi. Ishlash tamoyilidan qat’iy nazar, soatlarning hamma turlari (qum, suv, mexanik, elektr, elektron) vaqtning teng bo‘laklaridan so‘ng ko‘chishni yoki signallarni ishlab chiqarish (generatsiya qilish) va bunda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni qayd qilish, ya’ni signallar va ko‘chishlarni avtomatik tarzda qo‘shib borish qobiliyatiga ega. Bu tamoyil hatto faqat qayd etuvchi uskunasiga ega bo‘lgan quyosh soatlarida ham (bunda generator nomini Yer-Quyosh tizimi bajaradi) kuzatiladi.

Mexanik soat - vaqtning berilgan teng intervallaridan so‘ng ko‘chishni avtomatik tarzda bajaruvchi uskuna va bu ko‘chishlarni qayd qiluvchi uskunadan iborat asbobdir. Eng dastlabki namunalari XIV asrga mansub va ular monastirlarga tegishli bo‘lgan (minora soatlari).

Har qanday zamonaviy kompyuterning asosida, xuddi elektron soatlarda bo‘lganidek, vaqtning teng intervallaridan so‘ng kompyuter tizimidagi hamma uskunalarni harakatga keltirish uchun ishlatiluvchi elektr signallarini ishlab chiqaruvchi taktli generator yotadi.


Qo‘shish amalini bajaruvchi jahondagi birinchi uskuna mexanik soat asosida yaratilgan edi. 1623 yili uni T’yubingen dorilfununi (Germaniya) sharq tillari kafedrasining professori Vilgelm Shikard yaratdi. Bizning davrimizda uskunaning ishchi modeli chizmalar bo‘yicha qayta tiklandi va o‘zining ishlay olish qobiliyatini ko‘rsatdi. Ixtirochining o‘zi esa o‘z maktublarida mashinani "qo‘shiluvchi sonlar" deb atagan. 1642 yili fransuz mexanigi Blez Paskal (1623-1662) sonlarni qo‘shuvchi ixchamroq uskunani ishlab chiqdi. U asosan Parijlik sudxo‘rlar va sarroflar (pul almashuvchilar) uchun seriyali ravishda ishlab chiqarilgan jahondagi birinchi mexanik kalkulyator bo‘lib qoldi.

1673 yili nemis faylasufi V.Leybnits (1646-1717) qo‘shish va ayirish amallarini ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan ko‘paytirish va bo‘lish amallarini ham bajaruvchi mexanik kalkulyatorni yaratdi.(1. rasm) 



1.-rasm. 


Ma’rifat davri sifatida ma’lum bo‘lgan XVIII asr mobaynida yangi, ancha takomillashgan modellar paydo bo‘ldi, ammo hisoblash amallarini mexanik boshqarish tamoyillari o‘sha-o‘shaligicha qoldi. Hisoblash amallarini dasturlashtirish g‘oyasi yana o‘sha soatsozlik sanoatidan keldi. Monastirlarning qadimiy minora soatlari qo‘ng‘iroqlar tizimi bilan bog‘langan mexanizmni berilgan vaqtda ishga tushiradigan qilib sozlaganlar. Bunday dasturlashtirish o‘ta qat’iy edi. Bitta amalning o‘zi har kuni bir vaqtda bajarilar edi. Mexanik uskunalarni perforatsiya qilingan qog‘oz tasma yordamida moslanuvchan dasturlash g‘oyasi 1804 yili "Jakkard" to‘quvchilik dastgohida amalga tadbiq qilingan edi, shundan so‘ng hisoblash amallarini dasturiy boshqarishgacha bir qadam qoldi.

Bu qadam ingliz matematigi va ixtirochisi Charlz Bebbidj (1792-1871) tomonidan uning tahlil mashinasida qo‘yiladi. Afsuski, bu mashina kashfiyotchi tomonidan uning hayoti davrida oxirigacha qurib bo‘linmadi. Ammo u bizning davrimizda olimning chizmalari bo‘yicha qayta tiklandi va shuning uchun biz tahlil mashinasi haqida real mavjud bo‘lgan uskuna haqida so‘zlagandek gapirishimiz mumkin. Tahlil mashinasining o‘ziga xosligi shunda ediki, unda birinchi bo‘lib axborotni buyruqlar va ma’lumotlarga bo‘lish tamoyili amalga oshirilgan edi. Tahlil mashinasi ikkita yirik qism "ombor" va "tegirmon"dan iborat bo‘lib, ma’lumotlar "ombor"ning mexanik xotirasiga shesterenkalar bloki o‘rnatish yo‘li bilan kiritiladi, keyin esa perforatsiyalangan kartalardan (xuddi Jakkard to‘qimachilik dastgohida bo‘lganidek) kiritilgan buyruqlar yordamida "tegirmon"da qayta ishlanadi.

Charlz Bebbidj ijodining tadqiqotchilari tahlil mashinasining loyihasini yaratishida mashhur shoir Lord Bayronning qizi, grafinya Ogusta Ada Lavleys (1812-1852)ning alohida rolini, albatta, ta’kidlab o‘tadilar. Hisoblash amallarida perforatsiyalangan kartalarni ishlatish g‘oyasi (1843) aynan unga tegishlidir. Xususan, o‘z maktublaridan birida u "tahlil mashinasi algebrik kashta-bezaklarni to‘qimachilik dastgohi gullar va yaproqlarni qayta tikilgandek to‘qiydi" deb yozgan edi. Ledi Adani to‘liq asos bilan jahondagi birinchi dasturchi deb atash mumkin. Bugun dasturlashning mashhur va ma’lum tillaridan biri uning nomi bilan atalgan. 


Agarda zamonaviy kompyuterlarning o‘tmishdoshi qanday ob’ektlar bilan ishlagani ustida fikr yuritib ko‘rilsa, raqamlar yo reykali va halqali mexanizmlarning chiziqli harakati ko‘rinishida, yoki tishli hamda richakli mexanizmlarning burchakli harakati ko‘rinishida taqdim etilganligini tan olish kerak bo‘ladi. U holatda ham, bunisida ham bular harakat bo‘lib, bu uskunalarning o‘lchamlari va ish tezligida aks etmasligi mumkin emas edi. Faqat harakat (ko‘chish)ni qayd etishdan signallarni qayd etishga o‘tishgina o‘lchamlarni sezilarli darajada kamaytirish va harakatlar tezligini oshirish imkonini berdi. Biroq bunga erishish yo‘lida yana bir nechta muhim tamoyillar va tushunchalarni kiritishga to‘g‘ri keldi.




Download 280,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish