Tif milliy banki va "Asaka" - dunyoning 1000 yirik banklari ro`yxatida
Financial Times xalqaro axborot agentligi guruhiga kiruvchi The Banker, 2001 moliya yili yakunlari bo`yicha dunyoning 1000 ta yirik banki ro`yxatini e`lon qildi. Ushbu ro`yxatda respublikamizning ikkita banki - TIF Milliy banki va "Asaka" bank - mos ravishda 418 va 947 o`rinni egallashdi.
"Asaka" banki, shuningdek, kapitalning aktivlarga nisbati bo`yicha uchinchi, kapital adekvatligi bo`yicha sakkizinchi o`rinni egalladi. Bu bank barqarorligi va iqtisodiyotdagi keskin makroiqtisodiy o`zgarishlardan dalolat beradi.
TIF Milliy banki 639 mln. AQSH dollari kapital va 3,8 mlrd. AQSH dollari aktivi bilan MDHning yirik banklari ichida yuqori o`rinlarni egallaydi hamda Markaziy Osiyoning eng yirik banki hisoblanadi.
Manba: http://vvvvvv.uza.uz, vvvvvv.uzreport.com
Xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirishning huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida»gi, «Chet el investorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risidagi», «Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risidagi» qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar tashqi iqtisodiy aloqalar hamda xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solib turadi, chet el investitsiyalarini jalb qilish va rag`batlantirish tartibini belgilab beradi. Xususan, tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblari «Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi» Qonunda belgilab berilgan. Xalqaro huquqning umume`tirof etilgan me`yorlariga muvofiq, mulkchilik shakllaridan qat`iy-nazar, tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulklari himoya qilinadi.
«Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risidagi» qonunda xo`jalik jamoalari va shirkatlarida, banklar va sug`urta tashkilotlarida hissadorlik asosida ishtirok etish, ya`ni mulklarni aktsiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlarni sotib olish, shuningdek, yerga (jumladan, ijaraga olingan erga) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo`lib xizmat qilishi mumkinligi qayd etilgan.
Bu qonunning chet ellik sarmoyador huquqlarini kafolatlovchi muhim jihatlaridan yana biri shuki, agar O`zbekiston Respublikasining keyingi qonunlari investitsiya sharoitini yomonlashtirib qo`yadigan bo`lsa, u holda chet ellik investorlarga nisbatan un yilgacha bo`lgan muddatga investitsiyalar amalga oshirilib turgan paytda amalda bo`lgan qonunlar tadbiq etiladi. Shu bilan birga, qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi kafolatlanadi, shuningdek, ularni majburan sotib olish ham mumkin emas, lekin tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (xayvonlar ulati) yuz bergan xollar bundan mustasno. Bunday hollarda chet ellik investorlarga to`lanadigan kompensatsiyani keltirilgan zararga barobar bo`lishi nazarda tutiladi.
Chet ellik sarmoyadorlarning o`z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug`urta qilish huquqi investorlarni o`z mulklarining ekspropriatsiya qilinishidan, mamlakat ma`murlarining sug`urta tashkiloti bilan investor o`rtasidagi shartnomaviy munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshqa valyutalar almashtirishni hamda ularni mamlakat tashqarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshqa xatarlardan muxofaza qilishni ta`minlaydi.
Chet el investitsiyalariga ega bo`lgan korxonalar o`zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni litsenziyalarsiz xorijga chiqarish va ehtiyojlari uchun chetdan mahsulot keltirish huquqiga egadirlar. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar uchun chetdan respublikamizga keltirilayotgan mol-mulklarga boj to`lashdan ozod qilingan.
1996 yilda «Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida»gi qonunning qabul qilinishi ham iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirishga qaratilgan eng muhim tadbirlardan biri bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to`g`risida»gi Qonunida kichik va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksport-import operatsiyalaridagi ishtirokini kengaytirish, ularning xalqaro kurgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishlariga ko`maklashish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga yordam berish nazarda tutiladi. 1995 yil 1 oktyabrdan boshlab, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning yangi mexanizmi ishga solindi. Bu mexanizm negizida tartibga solishning tarifga asoslanmagan usulidan tarifga asoslangan usuliga o`tishga, eksport-import operatsiyalarini xalqaro me`yorlar talablariga mos unifikatsiyalashni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui yotadi.
Tayyor mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishiga va eksport krediti mexanizmi shakllanishiga ko`maklashish natijasida respublikamiz Prezidentining «Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Farmoni (1996 yil 20 mart) bilan 1996 yil 1 apreldan ko`plab korxonalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksport hajmlari oshirilishidan erkin almashtiriladigan valyuta shaklida olingan tushum foydasidan (daromaddan) soliq to`lashdan ozod qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag`batlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi (1997 yil noyabr) farmoniga ko`ra, o`tgan yilning 1 noyabridan boshlab, tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) barcha turiga eksport bojxona bojlari hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini litsenziyalash bekor qilindi. Faqat maxsus mahsulot turlarigagina bu qoidadan mustasno qilib qo`yildi.
Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar - birinchi navbatda, tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirishga, eksport-import operatsiyalarida tarif va notarif boshqarish usullarini tartibga solishga va takomillashtirishga qaratilgan.
Farmonda ko`rsatilgan muddatdan boshlab, raqobat-bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida erkin muomaladagi valyutaga eksport qiladigan korxonalar uchun bir qator qo`shimcha imtiyozlar berish joriy etilgan, masalan:
bu korxonalarga o`z mahsulotini oldindan pul olmasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi beriladi;
eksport qilinayotgan tovar ulushi mahsulotni sotishning umumiy hajmi 30 yoki undan ko`proq foizini tashkil etsa, u holda korxonalaming daromad soligi stavkasi amaldagi stavkaga qaraganda ikki barobar kamaytiriladi;
korxonalar o`z mahsulotlarini ichki bozor narxlaridan arzon narxlarda eksport qilgan sharoitda ulardan olinadigan soliq baza eksport mahsulotini sotishdan tushgan amaldagi narx bilan hisob-kitob qilinadi.
Farmonning muhim xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, unda ko`rsatilgan imtiyozlar faqat eksportga tayyor mahsulot ishlab chiqarishga astoydil intilgan korxonalarni rag`batlantirishga qaratilgan. Keyingi 5 yil ichida respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish bo`yicha muhim ishlar qilindi, uning me`yoriy-huquqiy bazasi yaratildi, tegishli institutsional o`zgarishlar amalga oshirildi, iqtisodiyotimizni tashqi dunyoga yanada kengroq ochish va erkinlashtirishga qaratilgan jiddiy qadamlar qo`yildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari haqida so`z yuritganda, bu yerda albatta xalqaro bitimlar to`g`risida ham biroz tuxtalib o`tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ikkita yoki bir nechta xalqaro munosabatlar qatnashchilarining har qanday birgalikdagi faoliyati, kelishilgan, huquqiy kuchga ega bo`lgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ikki va undan ortiq davlatlar o`rtasida xalqaro bitimlar tuziladi va ular quyidagi turlarga bo`linadi:
umumiy tusdagi bitimlar. Ushbu bitim ikki davlat o`rtasida tuzilgan xalqaro bitim
bulib, o`z ichiga munosabatlar asosi, diplomatik munosabatlarni o`rnatish haqida
bitimdir. Unda iqtisodiy munosabatlar alohida bulim sifatida ajratilib ko`rsatiladi.
maxsus bitimlar. Bu bitimlar asosan, iqtisodiy masalalar bo`yicha ikki yoki ko`p
tomonlama tuziladigan quyidagi bitimlardir:
a) bitimlar va shartnomalar. Bu bitimlar mahsulotlar va xizmatlar eksport-importining umumiy shartlari va tartibini aniqlovchi hujjatlardir. Ular qatorida alohida ahamiyatga ega mahsulotlar va xizmatlarga taalluqli maxsus bitimlar ajratiladi. Masalan, usimlik va xayvonot dunyosiniig yukolib borayotgan turlarining xalqaro savdosi bo`yicha Konventsiya, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va iste`molchilar manfaatlarini ko`zlagan holda keskin narx tebranishining oldini olish yoki yumshatish maqsadida xom-ashyo resurslari savdosida qo`llaniladigan ko`p tomonlama shartnomalar.
Bu bitimlar kontrogentlar yoki xorijiy sheriklar o`rtasida xalqaro tijorat shartnomalari shartnoma tuzish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
b) bojxona bitimlari;
v) soliq bitimlari. Masalan, ikki marta soliq olishning oldini olish maqsadida. Xalqaro munosabat qatnashchilarining soliq solish umumiy qoidalari, sharoitlari va tartibi to`g`risidagi soliq bitimlari;
g) investitsiyalarni himoyalash haqidagi davlatlararo bitimlar, ya`ni iqtisodiy munosabat o`rnatilayotgan ikki mamlakat o`rtasida tuziladigan kapital qo`yilmalarning o`zaro kafolati va rag`batlantirish haqidagi shartnomalardir.
1992-1995 yillarda O`zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi kariyb 2 marta ko`paydi, MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiya chuqurlashdi, o`z navbatida iqtisodiy rivojlangan uzoq xorijiy mamlakatlar bilan savdo hajmi va geografiyasi birmuncha kengaydi. Uzoq xorijiymamlakatlar bilan eksport hajmi qatorida an`anaviy paxta tolasidan tashqari, elektr manbalari chiqarish, tukimachilik sanoati mahsulotlari, shuningdek, transport xizmati, sayyohlik va boshqa xizmatlar keng o`rin oldi.
Import tizimida oziq-ovqat keltirish kamayib, texnika va asbob-uskunalar olib kelish salmogi ortdi.
O`zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi (TSA) to`g`risidagi ma`lumotlar quyidagi 19-jadvalda keltirilgan (mln. AQSH dollari)
Do'stlaringiz bilan baham: |