O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Oila a’zolarining roziligi bo‘lmagan taqdirda turar joyni almashtirish



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

107-modda. Oila a’zolarining roziligi bo‘lmagan taqdirda turar joyni almashtirish
Agar turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila a’zolari, ijaraga oluvchi va uning
voyaga yetgan oila a’zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy
kooperativi a’zosi va pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uning oila a’zolari o‘rtasida turar
joyni almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, ulardan har biri egallab turgan turar
joyini turli uylar, kvartiralardagi turar joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga
haqlidir. Bunda almashtirilayotgan turar joyda yashayotgan shaxslarning manfaatlari hisobga
olinadi.
Sud turar joyni majburan almashtirish to‘g‘risida qaror chiqarganda turar joyga bo‘lgan
huquqdagi ulushlarning tengligidan kelib chiqadi, quyidagi hollar bundan mustasno:
agar mulkdor va uning voyaga yetgan oila a’zolari o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi
to‘g‘risida ushbu turar joydan foydalanishga bo‘lgan huquqlarning teng emasligini nazarda
tutuvchi kelishuvga erishilgan bo‘lsa;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi va uning oila a’zolarining pay jamg‘armasiga
bo‘lgan huquqlari teng bo‘lmasa;
turar joyga umumiy mulk huquqida mulkdorlarning ulushlari teng bo‘lmasa.
108-modda. Homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning turar joyini almashtirish
Homiylikka yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishida yoxud mulkida bo‘lgan turar
joyni almashtirish uchun tegishli homiylik va vasiylik organining roziligi talab qilinadi.
Almashtirishga rozilik bermaslik ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
109-modda. Turar joyni almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydigan shart-sharoitlar
Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, agar:


ijaraga oluvchiga nisbatan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki
o‘zgartirish to‘g‘risida da’vo taqdim etilgan bo‘lsa;
jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi munosabati bilan turar joy xatlangan (boshqa shaxsga berish
taqiqlab qo‘yilgan) bo‘lsa;
almashtirish soxta tusda bo‘lsa;
turar joy texnik nosoz holatda bo‘lib, buziladigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanish
uchun qayta quriladigan yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun beriladigan bo‘lsa;
turar joy yashash xonalarini qayta qurish yoki o‘zgartirish bilan kapital ta’mirlanishi lozim
bo‘lsa;
almashtiriladigan turar joylardan biri aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyida bo‘lsa;
joy xizmat turar joyi bo‘lsa yoki yotoqxonada bo‘lsa;
almashtirish munosabati bilan almashayotgan taraflardan birining uy-joy sharoitlari tubdan
yomonlashib, buning oqibatida fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lib qolsalar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda turar joy almashtirilishini man etuvchi boshqa hollar nazarda tutilgan bo‘lishi
mumkin.
(109-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish