O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq davri. Hisobot davri



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

384-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Soliq agentlari uchun hisobot davri bir oydir.
56-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi
385-modda. Umumiy qoidalar
Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lanadi:
1) soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan soliq agentlari tomonidan;
2) soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda.
Soliq to‘lovchilarning alohida toifalari soliqni:
ushbu  Kodeksning 
392-moddasida
  belgilangan  tartibda  qat’iy  belgilangan  miqdorda
to‘lashni;
ushbu  Kodeksning 
397-moddasida
  belgilangan  tartibda  jami  yillik  daromadi  to‘g‘risidagi
deklaratsiya asosida to‘lashni tanlashga haqli.
Ushbu  moddaning 
ikkinchi  qismidagi
  qoidalar  quyidagi  toifadagi  soliq  to‘lovchilarga  tatbiq
etiladi:
1)  tovarlar  (xizmatlar)  realizatsiyasidan  daromadi  kalendar  yilida  yuz  million  so‘mdan
oshmaydigan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga.  Agar  kalendar  yilida  tovarlar  (xizmatlar)
realizatsiyasidan  daromadi  belgilangan  miqdordan  oshsa,  yakka  tartibdagi  tadbirkor  ushbu


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
276/333
Kodeksda  nazarda  tutilgan  tartibda  aylanmadan  soliq  yoxud  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  va  foyda
solig‘i to‘lashga o‘tadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(385-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-
659-sonli 
Qonuniga 
asosan 2021-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son)
3)  yuridik  shaxs  tashkil  etmagan  holda  oilaviy  tadbirkorlik  shaklida  faoliyatni  amalga
oshirayotgan oila a’zolariga;
4) “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga.
Ushbu  moddaning 
uchinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  soliq  to‘lovchilar  soliq  to‘lash  tartibini
quyidagilar orqali tanlashga haqli:
1)  tadbirkorlik  subyektining  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilishi  chog‘ida  tanlangan  soliq  to‘lash
tartibini ko‘rsatish;
2) doimiy yashash joyi bo‘yicha soliq organlariga joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmasdan
tanlangan soliq to‘lash tartibi to‘g‘risida bildirish xati taqdim etish.
Ushbu  moddaning 
uchinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  soliq  to‘lovchi  tomonidan  bildirish  xati
ushbu  moddaning 
to‘rtinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  muddatlarda  taqdim  etilmasligi  uning  soliqni
qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashga roziligini bildiradi.
Soliq  ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  hollarda  soliq  organi  tomonidan  ham  hisoblab
chiqarilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy
shaxslarning  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlariga  o‘tkaziladigan  majburiy  oylik
badallar summasiga kamaytiriladi.
(385-moddaning  yettinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 
1-bandiga
 muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat
munosabatlarida  bo‘lgan  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  soliq  soliq  agenti  tomonidan  hisoblab
chiqariladi va to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
(385-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  30-dekabrdagi  O‘RQ-659-sonli 
Qonuniga 
asosan
sakkizinchi  qism  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  31.12.2020-y.,
03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish