O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

383-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari
Qat’iy  belgilangan  miqdorlarda  soliqni  to‘lovchi  jismoniy  shaxslar  uchun  soliq  stavkasi
quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Faoliyat turi
Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda)
Toshkent
shahri
Nukus shahri va viloyat markazlari
bo‘lgan shaharlar
boshqa
shaharlar
boshqa
aholi 
punktlari
1. Chakana savdo:
oziq-ovqat  tovarlari  va  nooziq-ovqat  tovarlari
bilan
750 000
600 000
300 000 200 000
dehqon 
bozorlarida 
qishloq 
xo‘jaligi
mahsulotlari bilan
250 000
150 000
100 000
50 000
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan
250 000
150 000
100 000
50 000
2. Maishiy xizmatlar
250 000
150 000
100 000
50 000


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
275/333
3. Boshqa faoliyat turlari
225 000
150 000
100 000
50 000
4. Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk
avtomobillari uchun
150 000
3  tonnadan  ortiq  yuk  ko‘tarish  quvvatiga  ega
yuk avtomobillari uchun
225 000
Soliq to‘lovchi:
bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy
belgilangan  miqdordagi  soliqni  to‘laydi,  faoliyat  bilan  ikki  va  undan  ortiq  aholi  punktlarida
shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi;
tadbirkorlik  faoliyatini  ijaraga  olingan  uskunalarda  va  binoda  amalga  oshirgan  taqdirda,
yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishga
majbur;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish
joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash
miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi;
“Hunarmand”  uyushmasi  a’zosi  bo‘lgan  va  hunarmandchilik  mahsulotlarini  (tovarlarini,
xizmatlarini)  ishlab  chiqarish  hamda  realizatsiya  qilishni  amalga  oshirganida  qat’iy  belgilangan
miqdordagi soliqni to‘lashdan ozod etiladi;
bolalar  o‘yin  avtomatlari  bilan  bog‘liq  xizmatlarni  ko‘rsatsa,  har  bir  jihozlangan  joy  (birlik)
uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi.
Jismoniy  shaxslarning  mol-mulkini  ijaraga  berishdan  olingan  daromadlariga  ushbu
Kodeksning 381-moddasi 
birinchi qismida
 belgilangan stavkada soliq solinadi.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy
belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga,
shuningdek  faoliyat  amalga  oshiriladigan  turlarining  mavsumiyligi  qarab  0,7  dan  1,3  gacha
kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
(383-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga
kiradi)

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish