O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet475/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davr uchun foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda tijorat banklari
tomonidan  moliyaviy  qiyinchiliklarga  duch  kelgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning,  shuningdek
yakka  tartibdagi  tadbirkorlarning  kreditlari  bo‘yicha  to‘lovlarni  kechiktirish  imkoniyati  berilgan
davrda hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
2020-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
1)  turoperatorlar,  turagentlar  va  turizm  sohasida  mehmonxona  xizmatlari  (joylashtirish
xizmatlari)  ko‘rsatuvchi  subyektlar,  “Uzbekistan  Airways”  aksiyadorlik  jamiyati  va  uning  tarkibiy
bo‘linmalari,  “Uzbekistan  Airports”  aksiyadorlik  jamiyati  va  uning  tarkibiga  kiruvchi  mas’uliyati
cheklangan  jamiyatlar  shaklidagi  xalqaro  aeroportlar,  shuningdek  “O‘zaeronavigatsiya  markazi”
davlat unitar korxonasi:
yuridik  shaxslarning  mol-mulkidan  olinadigan  soliqni  va  yuridik  shaxslardan  olinadigan  yer
solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan,
elektron  hisob-fakturalarni  qo‘llovchi  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  soliq  to‘lovchilari  qo‘shilgan  qiymat
solig‘ini  har  choraklik  asosda,  ushbu  Kodeksning 
37-bobida
  belgilangan  tartibda  hisoblab
chiqarishga va to‘lashga haqli;
3)  foyda  solig‘ini  hamda  aylanmadan  olinadigan  soliqni  hisoblab  chiqarishda  jami  daromad
tarkibiga ushbu Kodeks 299-moddasining 
to‘rtinchi qismida
 ko‘rsatilgan daromadlar kiritilmaydi;
4) qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy
soliqni  hisoblashni  hamda  to‘lashni  ushbu  Kodeksning 
392
  va 
408-moddalarida
  ko‘rsatilgan,
karantin  tadbirlari  davrida  o‘z  faoliyatini  majburiy  tarzda  to‘xtatib  turgan  soliq  to‘lovchilarga
nisbatan  to‘xtatib  turish  faoliyatni  amalga  oshirish  joyidagi  soliq  organlariga  soliq  to‘lovchining
shaxsiy  kabineti  orqali  elektron  hujjat  tarzida  yuboriladigan  faoliyatning  vaqtinchalik  to‘xtatib
turilishi to‘g‘risidagi bildirish asosida amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi faoliyati tiklangan taqdirda faoliyatni amalga oshirish boshlanguniga qadar bu
haqida faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarini shunga o‘xshash tartibda xabardor qilishi
shart;
5) koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin obyektlarini qurish
hamda  ularning  faoliyat  ko‘rsatishi  uchun  zarur  bo‘lgan,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib
kiriladigan  qurilish  materiallari  va  boshqa  tovarlar  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  va  aksiz  solig‘ini
to‘lashdan ozod etiladi;
6) ushbu Kodeks 415-moddasining 
uchinchi qismida
, 422-moddasining 
oltinchi qismida
, 429-
moddasining 
to‘qqizinchi  qismida
  va  437-moddasining 
to‘rtinchi  qismida
  nazarda  tutilgan,  shu
jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlangan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan
mol-mulk  solig‘i  va  yer  solig‘i  bo‘yicha  oshirilgan  soliq  stavkalari,  shuningdek  ular  bo‘yicha  penya
hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qo‘llanmaydi.
(72-bob  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  1-dekabrdagi  O‘RQ-652-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  02.12.2020-y.,  03/20/652/1581-son  —  2020-yil  1-
martdan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2021-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan
ozod qilinadi:


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
332/333
O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  o‘simlik  yog‘i,  kungaboqar  va  zig‘ir  urug‘i,  shuningdek
soya danagini olib kirish;
o‘simlik  yog‘ini  (paxta  yog‘idan  tashqari)  ishlab  chiqarish  va  (yoki)  realizatsiya  qilish  bo‘yicha
aylanma.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish