11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
330/333
muddatlaridan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan esa mol-mulk solig‘i va yer
solig‘i bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni;
soliqqa doir hisobga olish joyi bo‘yicha — aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq
bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni soliq hisobotini taqdim
etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda.
Soliq to‘lovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining
uchinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib
to‘lashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qo‘llanilganligiga soliqlarni, soliqlar bo‘yicha
bo‘nak to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda bunday soliq
to‘lovchilarni aniqlagan soliq organlari to‘lanmagan soliqlarning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak
to‘lovlarining summasiga ushbu Kodeksning
110-moddasida
belgilangan tartibda penya hisoblaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining
uchinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib
to‘lash) imkoniyati berilgan soliqlarga nisbatan soliqning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining
summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
(482-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-
sentabrdagi O‘RQ-714-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y.,
03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham
tatbiq etiladi)
1) ijtimoiy soliq bo‘yicha — olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks 407-moddasining
beshinchi qismida
va 408-moddasining
to‘rtinchi qismida
belgilangan soliqni to‘lash
muddatlaridan kechiktirmay;
2) quyidagilar bo‘yicha o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha — ushbu Kodeks 417-
moddasining
oltinchi qismida
belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan
kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa har oyning o‘n beshinchi kunidan
kechiktirmay;
yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha — ushbu Kodeksning 432-moddasi
birinchi qismida
belgilangan soliqni to‘lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa — har
oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha — ushbu Kodeks 448-moddasining
uchinchi qismida
belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan kechiktirmay;
aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — har oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu moddaning
birinchi qismiga
muvofiq mol-mulk va yer solig‘ining 2020-yil 31-
dekabrdagi holatiga ko‘ra kechiktirilgan hamda to‘lanmagan summalarini to‘lash 2022-yil 1-
yanvardan e’tiboran amalga oshiriladi. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu modda
birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq kechiktirilgan soliq summasi keyinchalik
to‘lanadigan, biroq ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
(482-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli
Qonuniga
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son —
2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib
to‘lash imkoniyati berilgan davrda soliq to‘lovchi tugatilgan taqdirda kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib
to‘lash imkoniyati berilgan) to‘lov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda budjet
tizimiga to‘lanadi.
2020-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy shaxslardan
olinadigan yer solig‘ini to‘lash 2020-yil 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
2020-yilda foyda solig‘ining soliq to‘lovchisi joriy hisobot davri birinchi oyining yigirmanchi
kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda solig‘i bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi
to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga mo‘ljallanayotgan
foydadan kelib chiqqan, foyda solig‘ini o‘tgan chorak natijalari asosida hisoblab chiqarishning
belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir. Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak
11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
331/333
to‘lovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari har oylik bo‘nak
to‘lovlari summasini qayta ko‘rib chiqishga haqli.
Ushbu Kodeksning
393-moddasida
ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar 2019-yil
uchun jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga
2020-yil 1-avgustga qadar taqdim etadi. 2019-yil uchun jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi
deklaratsiya ma’lumotlariga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan hisoblab chiqarilgan daromad
solig‘ini to‘lash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: