O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lovchilarning huquqlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

21-modda. Soliq to‘lovchilarning huquqlari
Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq  organlaridan  va  boshqa  vakolatli  organlardan  (ularning  vakolatlari  doirasida)  amaldagi
soliqlar  to‘g‘risida,  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilikdagi  o‘zgarishlar  haqida,  soliqlarni  hisoblab
chiqarish  va  to‘lash  tartibi  to‘g‘risida  axborotni,  soliq  hisobotining  va  arizalarning  shakllarini,
shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
(21-modda  birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda
mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
ushbu  Kodeksda  belgilangan  asoslar  mavjud  bo‘lganda  va  tartibda  soliq  imtiyozlaridan
foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;
soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z
vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish;
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-
bo‘lib to‘lash;
soliq  solish  obyektlarini  hisobga  olishda,  soliqlarni  hisoblab  chiqarish  va  to‘lashda  o‘zlari  yo‘l
qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
ushbu  Kodeksga  muvofiq  o‘z  hududida  o‘tkaziladigan  sayyor  soliq  tekshiruvini  va  soliq
auditini o‘tkazish chog‘ida hozir bo‘lish;
sayyor  soliq  tekshiruvi  va  soliq  auditi  materiallari  bilan  tanishish,  shuningdek  ushbu
tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq  tekshiruvini  amalga  oshiruvchi  soliq  organlariga  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilikning
ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish;
(21-modda  birinchi  qismining  o‘ninchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu
Kodeksga va (yoki) soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan talablarini
bajarmaslik;
(21-modda  birinchi  qismining  o‘n  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-
apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
9/333
03/21/683/0375-son)
soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlarning  normativ  tusga  ega  bo‘lmagan  hujjatlari
hamda  qarorlari,  ular  mansabdor  shaxslarining  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan  belgilangan
tartibda shikoyat qilish;
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor
shaxslarining  noqonuniy  harakatlari  (harakatsizligi)  tufayli  yetkazilgan  zararlarning  o‘rni
qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  hollarda,  soliq  tekshiruvi  materiallarini  yoki  soliq
organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish;
soliq  munosabatlari  masalalariga  oid  o‘z  manfaatlarini  shaxsan  yoxud  soliq  maslahatchilari
tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash;
soliq siriga rioya etish va uni saqlash.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  to‘lovchilar  ushbu  Kodeksda  va  soliq  to‘g‘risidagi  boshqa  qonunchilik  hujjatlarida
belgilangan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(21-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq  to‘lovchining  soliq  munosabatlarida  shaxsan  ishtirok  etishi  uni  vakilga  ega  bo‘lish
huquqidan  mahrum  etmaydi,  xuddi  shuningdek  vakilning  ishtirok  etishi  soliq  to‘lovchini  bunday
munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Soliq  to‘lovchilarning  huquqlari  soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlar  mansabdor
shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  to‘lovchilarning  huquqlarini  ta’minlashga  oid  majburiyatlarni  bajarmaganlik  yoki  lozim
darajada  bajarmaganlik  O‘zbekiston  Respublikasining  qonunchiligida  nazarda  tutilgan
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(21-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish