Bog'liq 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
20-modda. Soliq to‘lovchilar Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash
majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash
bo‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida
bo‘linmalar joylashgan yeri bo‘yicha bajaradi.
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar alohida bo‘linmalarni hisobga olib
markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig‘imlarni) to‘laydi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el
tuzilmalari soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.