Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq qarzining undirilishini



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

96-modda. Soliq qarzining undirilishini 
umidsiz deb eʼtirof etish 
(1-q.)
Ayrim soliq toʻlovchilar va soliq agentlari zimmasida turgan soliqlarning toʻlanishi va 
(yoki) undirilishi quyidagi hollarda undirish imkoni boʻlmay qolgan umidsiz soliq qarzi deb eʼtirof 
etiladi: 
1) yuridik shaxs tugatilganda - yuridik shaxsning mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) shu 
yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan qonunchilikda belgilangan miqdorda va 
tartibda uning soliq qarzini uzish imkoni boʻlmaganligi sababli uning ushbu Kodeksning 91-
moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolgan qismi boʻyicha; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb eʼtirof etilganda - qarzdorning mol-mulki yetarli 
emasligi sababli soliq qarzining uzilmay qolgan qismi boʻyicha; 
3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganda - uning 
mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda, uning 
soliq qarzining ushbu Kodeksning 94-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolgan qismi 
boʻyicha; 
4) sud tomonidan hujjat qabul qilinib, unga muvofiq soliq organi soliq qarzini undirishning 
belgilangan muddati oʻtishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yoʻqotganda, shu 
jumladan sud tomonidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisida ariza berishning oʻtkazib yuborilgan 
muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim chiqarilganda; 


5) mazkur Kodeks 129-moddasining yettinchi qismiga muvofiq, chet el yuridik shaxsi soliq 
organidan hisobdan chiqarilganda - doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va 
qonunchilikda belgilangan miqdor va tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan 
yuridik shaxs tomonidan toʻlash imkonsizligi sababli toʻlanmagan soliq qarzi boʻyicha undirilishi 
umidsiz deb eʼtirof etilgan mazkur soliq qarzi shu chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeks 129-
moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra soliq organida qaytadan hisobga 
qoʻyilganda tiklanishi lozim. 
(2-q.)
Quyidagilar soliq qarzini undirilishi umidsiz qarz deb eʼtirof etish va uni hisobdan 
chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega organlardir: 
1) yuridik shaxs joylashgan yerdagi yoki jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq 
organlari (ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) - mazkur 
modda birinchi qismining 1-3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda; 
2) soliq toʻlovchi yoki soliq agenti hisobda turgan joydagi soliq organlari (ushbu qismning 
3-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) - ushbu modda birinchi qismining 4 va 5-
bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda; 
3) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan 
bojxona organlari - Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi 
munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha. 
(3-q.)
Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi va ushbu 
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi 
munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha tartib va hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston 
Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish