3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati bilan soliq
organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari amalga oshirilganda talab qilinadigan hujjatlar va
boshqa axborotni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi;
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini (boʻnak va
joriy toʻlovlarni), tegishli penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning
III boʻlimida belgilangan tartibda ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi tomonidan bajarilmagan
yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, bunday majburiyatni bajarishi;
5) ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilmagan taqdirda,
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisini va mazkur guruhni
tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatga olingan soliq organini darhol xabardor qilishi;
6) ushbu Kodeksning II boʻlimida nazarda tutilgan tartibda soliq solish maqsadida hisob
yuritishi shart.
(4-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga nisbatan
soliq majburiyati masʼul ishtirokchi tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada
bajarilmaganda, ushbu guruhning koʻrsatilgan soliq majburiyatini bajargan ishtirokchisi fuqarolik
qonunchiligida va mazkur guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan miqdorlarda
hamda tartibda regress talabi qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Ushbu qoida soliq toʻlovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi oʻrniga uning soliq majburiyati (shu
jumladan boʻnak va joriy toʻlovlarni toʻlash) shu konsolidatsiyalashgan guruhning bir nechta
ishtirokchisi tomonidan bajarilgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan
chiqqanda:
1) yuridik shaxs foyda soligʻi boʻyicha konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqqan soliq
davridan boshlab soliq hisobiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi
boʻlmagan soliq toʻlovchining soliq hisobi boʻyicha ushbu Kodeksning II boʻlimi talablariga rioya
etishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritishi;
2) ushbu yuridik shaxs soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining tarkibidan chiqib
ketgan soliq davridan boshlab oʻzi tomonidan haqiqatda olingan foydadan kelib chiqqan holda
foyda soligʻini hisoblab chiqishi va toʻlashi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining
masʼul ishtirokchisi tomonidan ushbu guruh boʻyicha haqiqatda toʻlangan foyda soligʻi
summalarini hisobga olgan holda, koʻrsatilgan talab tegishli hisobot va soliq davrlariga nisbatan
tatbiq etiladi hamda foyda soligʻi boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlarni ushbu Kodeksning XII
boʻlimida belgilangan muddatlarda toʻlash majburiyatini oʻz ichiga oladi;
3) ushbu Kodeksning XII boʻlimida nazarda tutilgan muddatlarda foyda soligʻi boʻyicha
soliq hisobotini oʻzi hisobda turgan yerdagi soliq organiga taqdim etishi shart.
(6-q.)
Yuridik shaxsning soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan
chiqib ketishi uni ushbu yuridik shaxs shunday konsolidatsiyalashgan guruhning ishtirokchisi
boʻlgan davrda yuzaga kelgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda
soligʻiga nisbatan soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.
(7-q.)
Mazkur qoida, ushbu yuridik shaxsga uning soliq toʻlovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan chiqib ketguniga qadar mazkur soliq majburiyati
bajarilmaganligi yoki soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlganidan
yoki maʼlum boʻlmaganidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: