Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

63-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaga muvofiq, ushbu Kodeksning 62-moddasida belgilangan shartlarni qanoatlantiruvchi 
yuridik shaxslar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini 
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda hisoblab chiqarish hamda toʻlash maqsadida 
ixtiyoriy ravishda birlashadi. 
(2-q.) 
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish yuridik shaxsni 
tashkil etmagan holda amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomada quyidagi qoidalar boʻlishi kerak: 
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning predmeti; 
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik 
shaxslarning roʻyxati va rekvizitlari; 
3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik 
shaxsning nomi; 
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari ushbu guruhning 
masʼul ishtirokchisiga ushbu bobga muvofiq oʻtkazadigan vakolatlar roʻyxati; 
5) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi va boshqa 
ishtirokchilari tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan majburiyatlarni bajarish hamda 
huquqlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari, belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik 
uchun javobgarlik; 
6) agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi muayyan muddatga tuzilayotgan 
boʻlsa, kalendar yillarda hisoblanadigan muddat yoxud bu guruh qancha muddatga tashkil 
etilayotganligining muayyan muddati mavjud emasligini koʻrsatish; 


7) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi boʻyicha ushbu 
Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda soliq 
bazasini aniqlash va foyda soligʻini toʻlash uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar. Bunda tanlangan 
koʻrsatkichlar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida oʻzgartirilmaydi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaga asoslangan huquqiy munosabatlarga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik, soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan qismiga nisbatan esa, fuqarolik qonunchiligi 
qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga 
qarang) 
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnoma va uning qoidalari qonunchilikka muvofiq boʻlmagan taqdirda, sud tomonidan haqiqiy 
emas deb topilishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnoma quyidagi sanalardan eng avvalgisi yuzaga kelguniga qadar amal qiladi: 
1) shartnoma amal qilishining tugash sanasi; 
2) shartnomani bekor qilish sanasi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnoma soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan 
yuridik shaxs turgan joydagi soliq organida roʻyxatdan oʻtkaziladi. 
(8-q.)
Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi yirik 
soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan boʻlsa, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini 
tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma konsolidatsiyalashgan guruhning koʻrsatilgan masʼul 
ishtirokchisi yirik soliq toʻlovchi sifatida hisobga olingan joydagi soliq organida roʻyxatdan 
oʻtkazilishi lozim. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish