470-1-modda. Qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasi
boʻyicha soliq toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda)
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtish toʻgʻrisida oʻzi
soliq hisobida turgan joydagi soliq organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar oʻn
kundan kechiktirmay
xabardor qiladi.
(2-q.)
Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyxatidan oʻtish chogʻida qatʼiy
belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.
(3-q.)
Qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga soliq davri mobaynida oʻtilgan taqdirda,
soliq miqdori qatʼiy belgilangan summani oʻn ikkiga boʻlish va olingan natijani joriy soliq
davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(4-q.)
Agar soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summadagi soliq toʻlovchining jami
daromadi besh yuz million soʻmdan oshsa, u holda qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi
bunday oshish roʻy bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oxiriga qadar jami daromadi besh
yuz million soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib
chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi.
(5-q.)
Soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashdan qoʻshilgan qiymat
soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu
soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi.
(6-q.)
Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy
belgilangan summada
soliq toʻlashni rad etishga va oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda,
navbatdagi soliq davri
boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilgan holda, soliqni ushbu Kodeks 467-
moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.
(7-q.)
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisidan dividendlar tarzida
olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
(8-q.)
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi mazkur soliq boʻyicha va
dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism boʻyicha soliq
hisobotlarini taqdim etish
majburiyatidan ozod qilinadi.
(9-q.)
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi qoʻshilgan qiymat soligʻini
va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli
aktivlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi.
(10-q.)
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchilari soliqni kalendar oyidan
keyingi oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: