422-modda. Soliq stavkalari. Soliq davri
(1-q.)
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Soliq solish obyektlari
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni
200 kv.m gacha boʻlganlarini qoʻshib hisoblaganda), koʻp
kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari,
shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
0,28
2.
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:
200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha boʻlgan
0,37
500 kv.m dan ortiq boʻlgan
0,49
3.
Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m
dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari
0,37
4.
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka
tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq
solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki)
daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari
1,5
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(2-q.)
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga
oshiruvchi organlar tomonidan roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq
stavkasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi
organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki
baravar miqdorida qoʻllaniladi.
(3-q.)
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga
olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va
Toshkent shahar Kengashlari oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan oraliqdagi
kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
(4-q.)
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir
vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu
modda birinchi qismining 1-3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
(5-q.)
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan
obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-
son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
Beshinchi qismning qoidalari OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq oltinchi qismi chiqarib tashlangan
Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi
(6-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun
moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan
qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan yuridik shaxslar uchun nazarda
tutilgan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq yettinchi qismi oltinchi qism deb
hisoblansin
(6-q.)
Kalendar yil soliq davridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |