Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

426-modda. Soliq solish obyekti 
(1-q.)
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda 
boʻlgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻining (bundan buyon ushbu 
bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir. 
(2-q.)
Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi: 
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar; 
2) aholi punktlarining, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy 
foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, shaxobcha yoʻllar, sugʻorish 
tarmoqlari, kollektorlar, sohil boʻyi yerlari va boshqa shu kabi umumiy foydalanishdagi yerlar); 
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari egallagan yerlar; 
4) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan 
yerlar (daraxtzorlar, istirohat bogʻlari, sayilgohlar, xiyobonlar, aholining ommaviy dam olishi va 
turizmini tashkil etish uchun belgilangan joylar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
5) davlat qoʻriqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat 
bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qoʻriqxonalarning (bundan ovchilik 
xoʻjaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qoʻriqxonalar mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat 
biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning yerlari;
6) sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar - tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy 
foydalanishga berilgan, profilaktika hamda davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy 
shifobaxsh omillarga ega boʻlgan yer uchastkalari; 
7) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar - aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil 
etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari; 
8) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy 
foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bogʻlari egallagan yer 
uchastkalari; 
9) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar; 
10) yuridik shaxs balansida boʻlgan va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga 
molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar; 
11) kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy, qurilish va 
boshqa chiqindilarni yigʻish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni 
zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari); 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni 
tahriridagi band) 
12) koʻp kvartirali uylar va yotoqxonalar egallagan yerlar, shuningdek koʻp kvartirali 
uylarga tutash yer uchastkalari, bundan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari 
egallagan yer uchastkalari mustasno; 
(OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuni tahriridagi 
band) (Oldingi tahririga qarang) 
13) suv fondi; 
14) zaxiralar; 
15) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlarini oʻtkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
(3-q.)
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan yer uchastkalari xoʻjalik 
faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ular ushbu bobda belgilangan tartibda soliq solish obyekti 
hisoblanadi. 



Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish