(1-q.)
Ushbu boʻlimning maqsadida daromad olingan sana quyidagicha aniqlanadi:
1) daromadni toʻlash kuni, shu jumladan daromadni soliq toʻlovchining banklardagi
hisobvaraqlariga oʻtkazish yoki daromadlar pul shaklida
olinganda - daromadni soliq
toʻlovchining topshirigʻiga koʻra uchinchi shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkazish kuni;
2) daromadlar natura shaklida olinganda - daromadlarni natura shaklida berish kuni;
3) daromadlar moddiy naf tarzida olinganda - tovarlarni (xizmatlarni), qimmatli qogʻozlarni
sotib olish kuni. Agar sotib olingan qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash ushbu qimmatli qogʻozlarga
boʻlgan mulk huquqi soliq toʻlovchiga oʻtganidan
keyin amalga oshirilsa, daromadning haqiqatda
olingan sanasi sotib olingan qimmatli qogʻozlarning qiymatiga tegishli toʻlovni toʻlash kuni
sifatida aniqlanadi;
4) bir turdagi qarama-qarshi talablarni hisobga olish kuni;
5) belgilangan tartibda soliq agenti tomonidan umidsiz
qarz hisobdan chiqarilgan kun;
6) xodim safardan qaytganidan keyin boʻnak hisobot tasdiqlangan oyning oxirgi kuni.
(2-q.)
Mehnatga haq toʻlash tarzida daromad olinganda bunday daromadning olingan sanasi
deb, soliq toʻlovchiga mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida mehnat majburiyatlarini
bajarganligi uchun, unga daromadlar hisoblangan oyning oxirgi kuni eʼtirof etiladi, shuningdek
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ish qidirish davriga kompensatsiya toʻlangan
sana eʼtirof etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Kalendar oy tugaguniga qadar mehnat munosabatlari bekor qilingan taqdirda, soliq
toʻlovchi tomonidan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadning haqiqatda olingan sanasi
deb unga daromad hisoblangan oxirgi ish kuni eʼtirof etiladi.
(4-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining summasi tarzidagi daromadlar
uchun daromadning haqiqatda olingan kuni deb chet el kompaniyasi yoki tuzilmasi roʻyxatdan
oʻtkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq moliya yili
uchun moliyaviy hisobot
tuziladigan davrning tugallanish sanasi toʻgʻri keladigan kalendar yildan keyingi soliq boʻyicha
soliq davrining oxirgi sanasi eʼtirof etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi
qism)
(5-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning
qonunchiligiga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim
etish majburiyatlari mavjud
boʻlmagan taqdirda, bunday kompaniya foydasining summasi tarzidagi daromadning haqiqatda
olingan sanasi deb foyda aniqlanadigan kalendar yilidan keyingi kalendar
yilning oxirgi kuni
eʼtirof etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: