Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

277-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni 
olib kirishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan 
tovarlarni olib chiqishda soliq solishning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq solish tanlangan 
bojxona rejimiga qarab, quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1) tovarlar erkin muomalada boʻlish (import) uchun chiqarish bojxona rejimiga 
joylashtirilganda soliq toʻliq hajmda hisoblanadi; 
2) tovarlar reimport bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga 
muvofiq tovarlar eksport qilinganda toʻlashdan ozod etilgan soliq summalarini yoxud unga 
tovarlar eksport qilinganligi tufayli qaytarib berilgan summalarni toʻlaydi. Sanab oʻtilgan 
summalarni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga 
oshiriladi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
3) tovarlar tranzit, bojxona ombori, reeksport, boj olinmaydigan savdo, erkin bojxona 
hududi, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga, shuningdek gʻamlab qoʻyilgan 
narsalar bojxonada deklaratsiya qilinganda soliq toʻlanmaydi; 
4) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga 
joylashtirilganda, basharti qayta ishlash mahsulotlarini muayyan muddatda Oʻzbekiston 
Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilsa, soliq toʻlanmaydi; 
5) tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona toʻgʻrisidagi 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod etish qoʻllaniladi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
6) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni 
qayta ishlash mahsulotlari olib kirilgan taqdirda, soliq toʻlovi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi band) 
7) tovarlar ichki isteʼmol uchun qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻliq 
hajmda toʻlanadi. 
(2-q.)
Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq solish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomilida olib 
chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi. Mazkur qoida tovarlarni keyinchalik eksport bojxona tartib-
taomiliga muvofiq olib chiqish maqsadida ushbu tovarlar bojxona ombori tartib-taomiliga 
joylashtirilganda ham qoʻllaniladi; 


2) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga reeksport bojxona tartib-
taomilida olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 
chogʻida toʻlangan soliq summalari esa soliq toʻlovchiga bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
nazarda tutilgan tartibda qaytariladi. Mazkur qoida tovarlar reeksport bojxona tartib-taomiliga 
muvofiq keyinchalik olib chiqish maqsadida bojxona ombori bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirilganda ham qoʻllaniladi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
3) maxsus bojxona tartib-taomilini tugallash maqsadida gʻamlab qoʻyilgan narsalar, 
shuningdek tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi; 
4) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ushbu qismning 1-3-bandlarida 
koʻrsatilganlariga nisbatan boshqa tartib-taomillarga muvofiq olib chiqilayotganda, agar bojxona 
toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona tartib-taomillari 
bilan soliq toʻlashdan ozod etish va (yoki) toʻlangan soliq summalarini qaytarish amalga 
oshirilmaydi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(3-q.)
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy, oilaviy, uy-roʻzgʻor ehtiyojlari va tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan tovarlar 
olib oʻtilayotganda, tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib 
oʻtilayotganligi munosabati bilan soliq toʻlash tartibi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
belgilanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish