Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqning oʻrnini qoplash



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

274-modda. Soliqning oʻrnini qoplash 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq 
summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha kelgusi 
toʻlovlar hisobidan hisobga olinadi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchi oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasini qaytarishga doir soliq 
hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy 
summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega boʻladi. 
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra, soliq organi soliq summasining 
oʻrnini toʻliq yoki qisman qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq 
toʻlovchiga soliq hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari 
xabardor qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qaytariladi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. 
OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(4-q.)
Soliqning jami summasi oʻrnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq hisobotini 
taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga 
nisbatan qoʻllaniladi: 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
1) Oʻzbekiston Respublikasining yirik soliq toʻlovchilar toifasiga belgilangan tartibda 
kiritilgan yuridik shaxslariga;
2) soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan 
garov shartnomasini ushbu Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda 
rasmiylashtirgan soliq toʻlovchilarga; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi 
band) 
3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga - agar 
ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan boʻlsa, 
nol darajali soliq stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan soliqning oshib ketgan summalari 
qismida;
4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga; 
5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka 
qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa; 


6) soliq monitoringi ishtirokchilariga. 
(5-q.)
Soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan 
qaytarish uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida toʻliq 
hajmda qoplanadi. Bunda oʻrni qoplanishi uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasi 
asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral 
soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotida oʻrni qoplanishi uchun koʻrsatilgan soliq 
summasi yoki uning bir qismi asossiz boʻlib chiqsa, soliq toʻlovchi soliqning oʻrni oʻziga asossiz 
ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga toʻlash sanasigacha penya 
hisoblangan holda budjetga toʻlashi shart. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi 
qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(6-q.)
Soliq summalarining oʻrnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq 
kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq 
summalarini qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi 
qism) (Oldingi tahririga qarang) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish