(3-q.)
Agar soliq organi jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka
tortish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin materiallarni prokuratura organlariga yuborgan
boʻlsa, ushbu soliq organi shu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun
javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turishi shart.
(4-q.)
Materiallarni prokuratura organlariga yuborish bilan bir vaqtning oʻzida ushbu
jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi toʻxtatib turiladi. Bunday
toʻxtatib turish soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan materiallar
prokuratura organlariga yuborilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliq qarzini undirish muddatlarining oʻtishi ushbu soliq qarzini
undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turish davriga toʻxtatib turiladi.
(5-q.)
Agar prokuratura organlariga yuborilgan materiallar boʻyicha jinoyat ishini
qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror chiqariladigan
boʻlsa, soliq organining toʻxtatib turilgan qarorlarining amal qilishi qayta tiklanadi. Qarorning
amal qilishini qayta tiklash soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan
prokuratura organlaridan ushbu faktlar toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan keyingi kundan
kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar tegishli jinoyat ishi boʻyicha oqlov hukmi chiqariladigan
boʻlsa, xuddi shunday qoida qoʻllaniladi.
(6-q.)
Agar jismoniy shaxsning uni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun
javobgarlikka tortish uchun asos boʻlib xizmat qilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu jismoniy
shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarish uchun asos boʻlgan boʻlsa, soliq organi qabul qilingan
qarorni ushbu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka
tortish qismi boʻyicha bekor qiladi.
(7-q.)
Soliq organlaridan materiallar olgan prokuratura organlari soliq organlariga tegishli
qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan kechiktirmay ularni koʻrib chiqish natijalari
toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni yuborishi shart.
(8-q.)
Ushbu moddada koʻrsatilgan soliq organi qarorlarining koʻchirma nusxalari tegishli
qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq organi tomonidan oʻziga nisbatan tegishli
qaror chiqarilgan shaxsga (uning vakiliga) topshiriladi (yuboriladi).
(9-q.)
Ushbu moddaning qoidalari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va (yoki) soliq
agentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: