4) koʻrib chiqish tartib-taomilida ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquqlari va
majburiyatlarini tushuntirishi;
5) koʻrib chiqish uchun ishtirok etishi zarur boʻlgan
shaxs kelmagan taqdirda, soliq
tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqilishini keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror chiqarishi kerak.
(8-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish chogʻida
tekshiruv dalolatnomasi, zarur boʻlgan taqdirda esa soliq nazorati tadbirlarining boshqa
materiallari, shuningdek oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsning yozma eʼtirozlari ham
oʻqib eshittirilishi mumkin.
(9-q.)
Yozma eʼtirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni (uning vakilini) tekshiruv
materiallarini koʻrib chiqish bosqichida oʻz tushuntirishlarini berish huquqidan mahrum etmaydi.
(10-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib
chiqish vaqtida
taqdim etilgan dalillar, shu jumladan oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsdan ilgari talab
qilib olingan hujjatlar, ushbu shaxs soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilganda soliq organlariga taqdim
etilgan hujjatlar hamda soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar oʻrganiladi.
(11-q.)
Ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl
qoʻyilmaydi.
(12-q.)
Soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (axborot), agar
ular ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar buzilgan holda soliq organiga taqdim etilgan boʻlsa
ham koʻrib chiqilishi mumkin.
(13-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish davomida
zarur boʻlgan taqdirda ushbu koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni, ekspertni,
mutaxassisni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
(14-q.)
Soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilayotganda bayonnoma yuritiladi.
(15-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayonida
soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari):
1) oʻziga nisbatan tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan shaxs soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik
buzilishini sodir etgan-etmaganligini;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi
band)
2) aniqlangan qoidabuzarliklar soliqqa oid huquqbuzarlik alomatini tashkil etish-etmasligini;
3) shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asoslar
mavjud-mavjud emasligini;
4) soliq toʻlovchining eʼtirozlari asoslanganligini belgilaydi.
(16-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining rahbari
(rahbar oʻrinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishdagi aybini istisno etuvchi
holatlarni yoki soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoxud
ogʻirlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi.
(17-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi faktini tasdiqlash uchun
qoʻshimcha dalillar olish zarur boʻlgan taqdirda yoki ular boʻlmaganda soliq organining rahbari
(rahbar oʻrinbosari) soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini bir oydan oshiq boʻlmagan
muddatda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi qism)
(18-q.)
Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda bunday
qoʻshimcha tadbirlarni oʻtkazish zaruratini keltirib chiqargan holatlar bayon etiladi,
ularni
oʻtkazish muddati va aniq shakli koʻrsatiladi.
(19-q.)
Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlari sifatida ushbu Kodeksning 146 va 147-
moddalariga muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni soʻroq qilish, ekspertiza amalga
oshirilishi mumkin.
(20-q.)
Soliq nazorati qoʻshimcha tadbirlarining boshlanishi va tugashi, soliq nazoratining
oʻtkazilgan qoʻshimcha tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi yoki ularning mavjud emasligi faktini tasdiqlash uchun
olingan qoʻshimcha dalillar, tekshiruvchilarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga
doir xulosalari va takliflari hamda ushbu Kodeksning
moddalariga oid havolalar, agar ushbu
Kodeksda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ushbu buzilishlari uchun javobgarlik nazarda
tutilgan boʻlsa, soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchada
qayd etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(21-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq
nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini oʻtkazgan soliq organining mansabdor shaxslari tomonidan
bunday tadbirlar tugagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tuzilishi va imzolanishi kerak.
(22-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq
nazoratining qoʻshimcha tadbirlari natijasida olingan materiallar ilova qilingan holda ushbu
qoʻshimcha tuzilgan sanadan eʼtiboran uch kun ichida oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan
shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib berilishi yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi
boshqa usulda topshirilishi kerak.
(23-q.)
Agar oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq auditi va (yoki)
sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchani olishdan bosh tortsa,
bunday fakt
tekshiruv dalolatnomasiga doir qoʻshimchada aks ettiriladi. Bunday holda soliq tekshiruvi
dalolatnomasiga doir qoʻshimcha tashkilotning (alohida boʻlinmaning) joylashgan yeri yoki
jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va buyurtma
xat yuborilgan sanadan eʼtiboran beshinchi kunda qabul qilingan deb hisoblanadi.
(24-q.)
Oʻziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxs (uning
vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida
tekshiruv dalolatnomasiga doir bunday qoʻshimcha boʻyicha umuman yoki uning alohida qoidalari
yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: