budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan boʻlsa. Mazkur soliq
imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq
solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda
yosh oila boʻlgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan
foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-
xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga toʻlguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan
subsidiyalar boʻyicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qoʻllaniladi. Agar 2023-yil
1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan
uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan
oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz olti oy ichida boshqa shaxsga oʻtkazilgan boʻlsa, soliq
imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qoʻllashning butun davri uchun soliqni toʻlash
majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi;
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib
boriladigan pensiya hisobvaraqlariga;
17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan
ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlarni, paylarni va aksiyalarni
berish yaqin qarindoshlar oʻrtasida amalga oshirilsa.
Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi
uchun roʻyxatdan oʻtish mamlakatining qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda
tutilmagan boʻlsa, oʻsha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday
huquqlar ularni bir oilaning aʼzolari va (yoki) yaqin qarindoshlar boʻlgan shaxslar oʻrtasida
oʻtkazish natijasida olingan boʻlsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining
yuzaga kelishi deb eʼtirof etilmaydi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi
xatboshi)
18) paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq
toʻlovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari;
19) soliq toʻlovchi boʻlgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonunchilikda
belgilangan tartibda qazib olish yoʻli bilan ega boʻlgan qimmatbaho metallarni realizatsiya
qilishdan olgan daromadlari;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
19-1) soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya
jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʻlari
tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida oʻn besh million soʻmdan
oshmagan holda;
(OʻzR 09.11.2020-y. OʻRQ-646-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
21) soliq toʻlovchining soliq davri davomida quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan,
bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va
boshqa daromadlari:
xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot aʼzosi sifatida bunday
badallarning toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat mavjud boʻlganda;
qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga toʻlovlarni, kursni
tugatganlik toʻgʻrisida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud boʻlganda.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
Do'stlaringiz bilan baham: