Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Toʻlangan soliq summalarini hisobga olish



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

266-modda. Toʻlangan soliq summalarini hisobga olish 
(1-q.)
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 
267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan 
tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish 
orqali ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy 
summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli boʻladi: 
1) soliq toʻlovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat 
koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyatini amalga oshirish chogʻida tovarlardan (xizmatlardan), 
foydalanilganda realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi, shu jumladan nol stavka 
boʻyicha soliq solinishi lozim boʻlganda; 
2) olingan tovarlarga (xizmatlarga) soliq toʻlovchi tomonidan hisobvaraq-faktura yoki 
yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan soliq summasi alohida ajratib koʻrsatilgan boshqa 
hujjat olinganda hamda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq toʻlovchi sifatida 
roʻyxatdan oʻtkazilganda; 
3) tovarlar olib kirilgan (import qilingan) taqdirda soliq budjetga toʻlanganda; 
4) ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalarida nazarda tutilgan hollarda soliq budjetga 
toʻlanganda; 
5) nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi 
(toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank 
hujjatidan koʻchirma mavjud boʻlsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan 
hollar mustasno. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) 
(2-q.)
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish 
aylanmasi maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha 
toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) soliq tovarlar eksportidan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston 
Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga 
olinadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Agar soliq toʻlovchi oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini oʻz vaqtida taʼminlab 
kelayotgan va eksport shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi boʻlmagan 
intizomli soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan boʻlsa, eksport qilinadigan tovarlar uchun 
ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) 
soliq summasi soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga chet el 
valyutasi tushumi kelib tushishidan qatʼi nazar hicobga olinadi. Tovarlar "eksport" bojxona rejimi 
ostida chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki 


uning bir qismi soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kelib 
tushmagan taqdirda, hisobga olingan soliq summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda 
hisobdan chiqariladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(4-q.)
Nol darajali stavka boʻyicha tortiladigan tovarlar eksporti vositachilik, topshiriq 
shartnomasi boʻyicha vositachi, ishonchli vakil orqali amalga oshirilgan taqdirda, soliq 
vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta 
tushumining summasi ulushida hisobga olinadi. 
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydigan 
xizmatlarni koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va Oʻzbekiston Respublikasining yuridik 
shaxslari ushbu bobda belgilangan tartibda haqiqatda olingan tovarlar boʻyicha toʻlangan 
(toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Bunda ushbu bobni 
qoʻllash maqsadida bunday xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq 
solinadigan aylanmaga tenglashtiriladi. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan asosiy vositalar (shu jumladan oʻrnatiladigan asbob-
uskunalar), nomoddiy aktivlar va koʻchmas mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan 
obyektlar sotib olinganda, shuningdek kelgusida oʻz asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun 
moʻljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan 
soliq toʻlovchiga taqdim etilgan soliq summasini hisobga olish toʻliq hajmda amalga oshiriladi. 
Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bunday tovarlarni olib kirish chogʻida ushbu 
soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasini hisobga olish xuddi shunday tartibda amalga 
oshiriladi.
(7-q.)
Mol-mulk ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan taqdirda, oluvchi 
mol-mulkni ustav fondiga (ustav kapitaliga) berish chogʻida ishtirokchi tomonidan toʻlangan soliq 
summasini hisobga olish huquqiga ega. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan 
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va koʻchmas mol-mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi 
tugallanmagan obyektlar boʻyicha ishtirokchi ularni berish chogʻida toʻlagan soliq ushbu 
moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda berilgan aktivlarni oluvchi soliq toʻlovchida 
hisobga olinadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(8-q.)
Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa, soliq toʻlovchi boʻlmagan shaxs soliq toʻlovchi sifatida ushbu Kodeksning 237-moddasiga 
muvofiq maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek soliq toʻlashdan ozod etish 
bekor qilingan taqdirda soliq toʻlovchi maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyish (ozod qilishni 
bekor qilish) sanasida oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining va uzoq 
muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning 
birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilgan taqdirda, hisobga olish huquqiga ega. 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(9-q.) 
Ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi: 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari boʻyicha - shaxs roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga 
qoʻyilgan sanadan oldingi soʻnggi oʻn ikki oy ichida olingan, soliq toʻlovchida uni roʻyxatdan 
oʻtkazish hisobiga qoʻyish (ozod etishni bekor qilish) sanasida mavjud boʻlgan tovar-moddiy 
zaxiralar qoldigʻiga toʻgʻri keladigan tovarlarning (xizmatlarning) haqiqiy qiymati boʻyicha;
uzoq muddatli aktivlar boʻyicha - mazkur obyektlarning shaxs soliq boʻyicha roʻyxatdan 
oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan (ozod etish bekor qilingan) sanadagi qayta baholanishi hisobga 
olinmagan, soliqning tegishli summasini oʻz ichiga olgan balans (qoldiq) qiymatidan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi. 


(10-q.)
Agar soliq toʻlovchi sifatida hisobda turmaydigan chet el yuridik shaxsi komitent 
(ishonch bildiruvchi) boʻlsa, tovar tegishli vositachilik (topshiriq) shartnomasiga muvofiq shartlar 
asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, ushbu tovar 
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda toʻlangan soliq summasi tegishli soliq davrida 
vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar ulushiga toʻgʻri keladigan 
ulushda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinadi. 
(11-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan 
komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra olingan tovar Oʻzbekiston 
Respublikasi hududiga vositachi (ishonchli vakil) tomonidan olib kirilgan taqdirda, import 
qilingan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan 
toʻlangan soliq komitentda (ishonch bildiruvchida) hisobga olinishi lozim. 
(12-q.)
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish chogʻida 
ekspeditor tomonidan tashuvchidan va (yoki) boshqa yetkazib beruvchilardan olingan xizmatlarga 
doir soliq summasi bunday shartnoma boʻyicha ekspeditorning mijozi boʻlgan tarafda hisobga 
olinadi. 
(13-q.)
Sotuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻlovchisi boʻlmagan 
chet ellik shaxsga ushbu chet ellik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarni 
(xizmatlarni) olish chogʻida taqdim etilgan yoki ushbu chet ellik shaxslar tovarlarni ishlab 
chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib 
kirishi chogʻida ular tomonidan toʻlangan soliq summalari hisobga olinishi lozim. Soliqning 
mazkur summalari ushbu Kodeksning 255-moddasiga muvofiq soliq agenti tomonidan ushbu chet 
ellik shaxsning daromadlaridan ushlab qolingan soliq budjetga toʻlanganidan keyin, ushbu shaxs 
olgan (olib kirgan) tovarlardan (xizmatlardan) faqat soliq agenti qiymatidan soliqni ushlab qolgan 
tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadida foydalanilgan qismi 
boʻyichagina hisobga olinishi yoki ushbu chet ellik shaxsga qaytarilishi lozim. Bunda soliqning 
mazkur summalari, basharti chet ellik shaxs ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq soliq 
toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan boʻlsa, hisobga olinishi yoki 
ushbu shaxsga qaytarilishi lozim. 
(14-q.)
Agar soliq toʻlovchi realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi lozim 
boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni), shuningdek realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi soliq solishdan 
ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilsa, hisobga olinishi lozim boʻlgan soliq 
summasi ushbu Kodeksning 268-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi. 
(15-q.)
Agar hisobga olish huquqi tovarlarni (xizmatlarni) olish boʻyicha qalbaki yoki 
koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud 
boʻlsa, soliq organlari hisobga olishni bekor qilishni yoki unga tuzatishni amalga oshirishga haqli. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish