Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

31-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR VA 
SOLIQ SOLISH OBYEKTI 
237-modda. Soliq toʻlovchilar 
238-modda. Soliq solish obyekti 
237-modda. Soliq toʻlovchilar 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar 
deb eʼtirof etiladi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi): 
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard 
soʻmdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar; 
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el 
yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston 
Respublikasi eʼtirof etilsa; 
4) faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet 
el yuridik shaxslari; 
5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga 
oshiriladigan faoliyat boʻyicha - oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga 
yuklatilgan ishonchli shaxs - oddiy shirkatning ishtirokchisi; 
6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtuvchi shaxslar. 
Mazkur shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini 
toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(2-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq majburiyatlari ushbu boʻlimda belgilangan 
hollarda va tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi. 
(3-q.)
Quyidagilar soliq toʻlovchilar deb hisoblanmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi 
qismi 6-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno: 
1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari - oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga 
oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 


qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilishi mumkin; 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-
812-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
2) aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi shaxslar. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchilar soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻini (bundan buyon ushbu 
boʻlimda soliq deb yuritiladi) toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobida turadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagilarning tartibi 
belgilanadi: 
soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganlik 
toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon ushbu boʻlimda guvohnoma deb yuritiladi) berish; 
guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish yoki uni bekor qilish; 
guvohnoma oʻz vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoxud guvohnomaning 
amal qilishi toʻxtatib turilganligi, tugatilganligi yoki uning bekor qilinganligi, shuningdek oʻz 
vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilish; 
soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobidan chiqarish. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
Qarang: VMning 2022 yil 22-sentyabrdagi 595-son Qarori bilan tasdiqlangan "Qoʻshilgan qiymat 
soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan 
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish