Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

231-modda. Shikoyat berish tartibi 
(1-q.)
Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) 
ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(2-q.)
Shaxsning soliq organiga uning kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ 
xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) 
ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga koʻra mazkur hujjatlar, 
harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha 
shikoyat boʻyicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki 
sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro 
etishni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlarni undirishni, shuningdek 
moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini toʻxtatib turadi. Soliq toʻlovchi qaysi soliq organining qarori 
yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan boʻlsa, oʻsha 
organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida 
tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart. 
(4-q.)
Soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul 
qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat 
qilinganidan keyingina mumkin boʻladi. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(5-q.)
Agar shikoyat boʻyicha qaror ushbu Kodeksning 235-moddasi sakkizinchi va 
toʻqqizinchi qismlarida belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul 
qilinmasa, soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. 
(6-q.)
Yuqori turuvchi soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan, 
shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan faqat sud tartibida 
shikoyat qilinishi mumkin. 
(7-q.)
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan, 
shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga shikoyat qilinishi mumkin. 


(8-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining normativ xususiyatga ega 
boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud 
tartibida shikoyat qilinadi. 
(9-q.)
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan 
normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida 
shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga 
oshiriladi. 
(10-q.)
Shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar uni koʻrib 
chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yoʻli bilan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib 
olishi mumkin. 
(11-q.)
Shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni oʻsha asoslarda shikoyat bilan takroran 
murojaat qilish huquqidan mahrum etadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish