Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari 
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga 
olgan holda, nazorat qilinadigan bitimlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 
1) jahon birja savdosi tovarlarining tashqi savdosi sohasidagi bitimlar; 
2) taraflaridan birining roʻyxatdan oʻtkazilish joyi, yashash joyi yoki soliq rezidentligi joyi 
ofshor yurisdiksiya boʻlgan shaxs hisoblanadigan bitimlar. 
(2-q.)
Agar bunda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining faoliyati ofshor 
yurisdiksiyada doimiy muassasani tashkil etsa va nazorat qilinadigan bitim ushbu faoliyat bilan 
bogʻliq boʻlsa, ushbu bitim qismida mazkur yuridik shaxsga roʻyxatdan oʻtkazilish joyi ushbu 
ofshor yurisdiksiya boʻlgan shaxs sifatida qaraladi. 
(3-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida soliq solish boʻyicha imtiyozli rejimni taqdim etadigan va 
(yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etishni hamda taqdim etishni 
nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlar ofshor yurisdiksiyalar deb eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Ofshor yurisdiksiyalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi 
Markaziy banki bilan birgalikda tasdiqlanadi. 


(5-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan bitimlar, agar bunday 
bitimlarning predmeti quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga 
kiruvchi tovarlar boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb eʼtirof etiladi: 
1) rangli metallar; 
2) qimmatbaho metallar; 
3) mineral oʻgʻitlar; 
4) uglevodorod xom ashyosi va neft mahsulotlari; 
5) paxta tolasi va kalava ip. 
(6-q.)
Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab oʻtilgan tovarlarning kodlarini Tashqi 
iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona 
qoʻmitasi belgilaydi. 
(7-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra sud bitimni 
ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab 
boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin 
qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham nazorat qilinadigan bitim deb eʼtirof 
etishi mumkin. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish