xatolik bilan to’langan (undirilgan) soliq summasi (penyalar, jarimalar) -
o’tkazishda (undirishda) xato bo’lgan, unga ko’ra to’lovchi va (yoki) to’lovning
maqsadi aniqlanmagan yoki to’lovchi soliq to’lovchi bo’lmagan soliqni to’lash
summasi. Shuningdek noto’g’ri to’langan (undirilgan) deb pul mablag’larini
to’lanishi lozim bo’lganidan boshqa soliq organiga o’tkazish yoki bank tomonidan
soliq to’lovchining to’lov hujjatini noto’g’ri ijro etish e’tirof etiladi;
ortiqcha undirilgan soliq summasi - soliq organlarining harakatlari natijasida
hosil bo’lgan ortiqcha to’langan soliq summasi.
5-bob. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi 64-modda. Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi Soliq to’lovchilarning xo’jalik faoliyati bo’yicha jami moliyaviy natijasini
hisobga olgan holda foyda solig’ini (bundan buyon matnda soliq to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’i deb yuritiladi) hisoblab
chiqarish va to’lash maqsadidagi, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va
shartlarda tegishli shartnoma asosidagi ixtiyoriy birlashmasi soliq to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi deb e’tirof etiladi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risida
tuzilgan amaldagi shartnomaning tarafi bo’lgan va ushbu Kodeksda bunday guruh
ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiradigan yuridik
shaxs soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi deb e’tirof
etiladi.
Soliq
to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan
guruhini
tashkil
etish
to’g’risidagi
shartnomaga
muvofiq
zimmasiga
soliq
to’lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ini hisoblab chiqarish va to’lash
majburiyati yuklatilgan ishtirokchi soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan
guruhining mas’ul ishtirokchisi deb e’tirof etiladi.
Mazkur soliqni hisoblab chiqarish va to’lashga oid huquqiy munosabatlarda,
soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi foyda
solig’ini to’lovchilar qanday huquqlarni amalga oshirsa hamda qanday
majburiyatlarni o’z zimmasiga olsa, shunday huquqlarni amalga oshiradi hamda
shunday majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi.
Ushbu Kodeks va O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga
muvofiq tuzilgan soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
to’g’risidagi shartnoma soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul
ishtirokchisining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.