O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

243-modda. Shikoyat berish tartibi 
 


234 
Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki 
harakatsizligi ustidan yuqori turuvchi soliq organiga (yuqori turuvchi mansabdor 
shaxsga) shikoyat qilish soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Shaxsning soliq organiga uning kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ 
xususiyatga ega bo’lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki 
harakatsizligi ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar mazkur hujjatlar, harakatlar 
yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb e’tirof etiladi. 
Soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo’yicha 
qabul qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq 
organiga shikoyat qilinganidan keyingina mumkin bo’ladi. Mazkur qoida 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining qarori ustidan shikoyat 
qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Agar shikoyat bo’yicha qaror ushbu Kodeks 247-moddasining 
sakkizinchi va 
to’qqizinchi qismlarida
belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi soliq organi 
tomonidan qabul qilinmasa, soliq organlarining normativ xususiyatga ega 
bo’lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi 
ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. 
Yuqori turuvchi soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo’lmagan, 
shikoyatlarni ko’rib chiqish yakunlari bo’yicha qabul qilingan hujjatlari ustidan 
faqat sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. 
Viloyat, Toshkent shahar yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat soliq 
boshqarmasining normativ xususiyatga ega bo’lmagan, shikoyatlarni ko’rib chiqish 
yakunlari bo’yicha qabul qilingan hujjatlari ustidan O’zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo’mitasiga shikoyat qilinishi mumkin. 
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspektsiyalarining normativ xususiyatga ega 
bo’lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi 
ustidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga shikoyat kelib tushgan 
taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi shikoyatni ko’rib chiqish 
va u bo’yicha qaror qabul qilish uchun hududiy mansublikka ko’ra tegishli viloyat 
va Toshkent shahar yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasiga 
yuborishga haqlidir. Mazkur qoida ushbu Kodeksning 246-moddasida nazarda 
tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining normativ xususiyatga ega 
bo’lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi 
ustidan sud tartibida shikoyat qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining normativ xususiyatga ega 
bo’lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi 
ustidan sud tartibida shikoyat qilish ushbu moddaning to’qqizinchi va o’ninchi 
qismlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu 
jumladan normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki 
harakatsizligi ustidan sud tartibida shikoyat qilish iqtisodiy va fuqaroviy sud 


235 
ishlarini yuritish to’g’risidagi tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki 
harakatsizligi ustidan sudlov tartibida shikoyat qilinganida shikoyat qilinayotgan 
hujjatlarning ijro etilishi hamda shikoyat qilinayotgan harakatlarning sodir etilishi 
iqtisodiy va fuqaroviy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi tegishli qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan to’xtatib turilishi mumkin. 
Yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat berish soliq organining shikoyat 
qilinayotgan hujjati ijro etilishini yoki uning mansabdor shaxsining shikoyat 
qilinayotgan harakati sodir etilishini to’xtatib qo’ymaydi, bundan ushbu moddaning 
o’n uchinchi va o’n to’rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
Yuqori turuvchi soliq organiga soliq organining hujjati yoki uning mansabdor 
shaxsining harakati ustidan shikoyat qilinganida shikoyat bergan shaxsning 
arizasiga ko’ra mazkur hujjat yoki mazkur harakat O’zbekiston Respublikasining 
qonun hujjatlariga muvofiq emas deb hisoblashga etarlicha asoslar mavjud 
bo’lganida shikoyat qilinayotgan hujjatning ijro etilishi yoki shikoyat qilinayotgan 
harakatning sodir etilishi to’xtatib turilishi mumkin. 
Shikoyat qilingan hujjatning ijro etilishini yoki shikoyat qilinayotgan 
harakatning sodir etilishini to’xtatish to’g’risidagi qaror yuqori turuvchi soliq organi 
tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror haqida shikoyat bergan shaxsga 
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar beriladi. 
Shikoyat bergan shaxs shikoyat bo’yicha qaror qabul qilinishiga qadar uni 
ko’rib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yo’li bilan shikoyatni to’liq 
yoki qisman chaqirib olishi mumkin. 
Shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni o’sha asoslarda shikoyat bilan 
takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish