O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


  151-modda. Hujjatlar va buyumlarni olib qo’yish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 


151 
151-modda. Hujjatlar va buyumlarni olib qo’yish 
Hujjatlar va buyumlarni olib qo’yish soliq organining sayyor soliq tekshiruvini 
yoki soliq auditini o’tkazayotgan mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori 
asosida amalga oshiriladi. 
Hujjatlar va buyumlarni olib qo’yishni tungi paytda amalga oshirishga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Hujjatlar va buyumlarni olib qo’yish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini 
olib qo’yish amalga oshirilayotgan shaxslar hozirligida o’tkaziladi. Zarur bo’lgan 
hollarda, olib qo’yishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun mutaxassis taklif 
etiladi. 
Olib qo’yish boshlanguniga qadar soliq organining mansabdor shaxsi olib 
qo’yishni amalga oshirish to’g’risidagi qarorni taqdim etadi hamda hozir bo’lgan 
shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. 
Soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlarini va buyumlarini olib qo’yish 
amalga oshirilayotgan shaxsga ularni o’z ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, rad 
etilgan taqdirda esa olib qo’yishni majburiy tarzda amalga oshiradi. 
Olib qo’yish amalga oshirilayotgan shaxs olib qo’yilishi lozim bo’lgan hujjatlar 
va buyumlar turgan bo’lishi mumkin bo’lgan binolarni yoki boshqa joylarni 
ochishdan bosh tortganda, soliq organining mansabdor shaxsi ularni ochishni 
qulflarning, eshiklarning va boshqa buyumlarning zarurat sababli yuzaga kelmagan 
tarzda shikastlanishlardan qochgan holda mustaqil tarzda bajarishga haqli. 
Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi bo’lmagan hujjatlar va buyumlar olib 
qo’yilmaydi. 
Hujjatlar va buyumlarni olib qo’yishni amalga oshirish to’g’risida ushbu 
Kodeksning 163-moddasida hamda mazkur moddada nazarda tutilgan talablarga 
rioya etgan holda bayonnoma tuziladi. 
Olib qo’yilgan hujjatlar va buyumlar olib qo’yish bayonnomasida yoki unga 
ilova qilinadigan ro’yxatlarda aniq nomi, soni, o’ziga xos xususiyatlari va imkon 
qadar buyumlarning qiymati ko’rsatilgan holda sanab o’tiladi hamda ro’yxatga 
olinadi. 
Agar soliq nazorati tadbirlarini o’tkazish uchun tekshirilayotgan shaxs 
hujjatlarining ko’chirma nusxalari etarli bo’lmasa hamda soliq organlarida 
hujjatlarning asl nusxalari yo’q qilinishi, yashirilishi, o’zgartirilishi yoki almashtirib 
qo’yilishi mumkinligi to’g’risida taxmin qilish uchun etarlicha asoslar bo’lsa, soliq 
organining mansabdor shaxsi hujjatlarning asl nusxalarini ushbu moddada nazarda 
tutilgan tartibda olib qo’yishga haqli. 
Bunday hujjatlar olib qo’yilayotganda ulardan soliq organining mansabdor 
shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan ko’chirma nusxalar olinadi va hujjatlar olib 
qo’yilayotgan shaxsga topshiriladi. 
Hujjatlarni olib qo’yish bilan bir vaqtda tayyorlangan ko’chirma nusxalarni 
tayyorlash yoki topshirish imkoni bo’lmagan taqdirda, soliq organi ularni hujjatlar 
olib qo’yilgan shaxsga olib qo’yishdan keyin besh kun ichida topshiradi. 


152 
Barcha olib qo’yiladigan hujjatlar va buyumlar olib qo’yishni amalga 
oshirishda ishtirok etuvchi xolislarga va boshqa shaxslarga taqdim etiladi hamda 
zarur bo’lgan taqdirda olib qo’yilgan joyda o’raladi. 
Olib qo’yilgan hujjatlarga raqamlar qo’yilishi, ular tikib qo’yilishi va olib 
qo’yilayotgan shaxsning muhri yoki imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Ushbu shaxs 
olib qo’yilayotgan hujjatni muhr yoki imzo bilan tasdiqlashdan bosh tortgan 
taqdirda, bu haqda olib qo’yish to’g’risidagi bayonnomaga maxsus belgi kiritiladi. 
Hujjatlar va buyumlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnomaning ko’chirma 
nusxasi ular qaysi shaxsdan olib qo’yilgan bo’lsa, o’sha shaxsga imzo qo’ydirib 
topshiriladi yoki yuboriladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish