O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to’lovchilarning majburiyatlari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
23-modda. Soliq to’lovchilarning majburiyatlari 
 
Soliq to’lovchilar: 
1) belgilangan soliqlar va yig’imlarni, avans oldindan to’lanadigan hamda joriy 
to’lovlarni ushbu Kodeksning maxsus qismida belgilangan tartibda va muddatlarda, 
o’z vaqtida hamda to’liq hajmda hisoblab chiqarishi va to’lashi; 
2) hujjatlarni ko’rib chiqish yoki tushuntirish berish zaruriyati to’g’risida 
chaqiruv xati olinganda soliq organiga kelishi; 
3) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-
fakturalar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berishi; 
4) soliq tekshiruvini o’tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini 
soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun asos bo’lib xizmat qiladigan hujjatlar, 
soliqlarni to’g’ri hisoblab chiqarilganligi va o’z vaqtida to’langanligini tasdiqlovchi 
hujjatlar, shuningdek elektron jismlarda saqlanadigan tegishli axborot bilan 
tanishish uchun kirishini ta’minlashi; 
5) soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini 
bajarishi, shuningdek ko’rsatilgan organlar va ular mansabdor shaxslarining qonuniy 
faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi; 
6) agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq 
hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to’lash uchun zarur bo’lgan 
boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to’lash uchun belgilangan kalendar yildan 
keyingi olti yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi; 
7) o’zi hisobga olingan joydagi soliq organlarini O’zbekiston Respublikasi 
yuridik shaxslari va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to’g’risida xabardor etishi; 
8) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi shart. 


13 
Soliq to’lovchi bo’lgan yuridik shaxslar ushbu moddaning birinchi qismida 
nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o’zlari hisobga olingan joydagi soliq 
organlariga o’zlarining barcha alohida bo’linmalari to’g’risida va alohida 
bo’linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o’zgarishlar to’g’risida 
alohida bo’linma tashkil etilgan va mazkur ma’lumotlar o’zgartirilgan kundan 
e’tiboran bir oy ichida ma’lum qilishi shart. 
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish 
majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxslar soliq organlari soliq to’g’risidagi qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o’z vakolatlarini amalga 
oshirish chog’ida foydalanadigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya 
tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak. Bunda hujjatlar 
jo’natilgan sanadan e’tiboran uch kun ichida olingan deb hisoblanadi. 
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladigan ko’chmas 
mol-mulkka ega bo’lgan chet ellik yuridik shaxslar ushbu moddada nazarda tutilgan 
majburiyatlardan tashqari, ko’chmas mol-mulk ob’ekti turgan joydagi soliq organiga 
ushbu chet ellik yuridik shaxsning ishtirokchilari to’g’risidagi ma’lumotlarni ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik shaxs 
tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari mazkur holatlarda o’z muassislari, 
benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet 
ellik yuridik shaxsda (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) 
ushbu moddada ko’rsatilgan bir nechta mol-mulk ob’ekti mavjud bo’lgan taqdirda, 
ushbu shaxs tanloviga ko’ra, xabar mol-mulk ob’ektlarining biri turgan joydagi soliq 
organiga taqdim etiladi. 
O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o’tilishi 
munosabati 
bilan 
soliqlar 
to’laydigan soliq to’lovchilar O’zbekiston 
Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
majburiyatlarni ham o’z zimmasiga oladi. 
Soliq to’lovchi o’z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki 
lozim darajada bajarmaganligi uchun O’zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish