O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

400-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va 
ushlab qolish tartibi 
Soliq agentlari soliq hisobi registrlarida soliq davrida jismoniy shaxslar ushbu 
agentlardan olgan daromadlar, jismoniy shaxslarga berilgan soliq chegirmalari, 
hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlarning hisobini yuritadi.
Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy 
ma’lumotlarini va birlamchi hisobga olish hujjatlari ma’lumotlarini aks ettirish 
tartibi, soliq agenti tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi hamda unda soliq 
to’lovchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar, soliq 
to’lovchilarga to’lanadigan daromad turlari va berilgan soliq chegirmalari, ularning 
to’lanish sanasi, soliq to’lovchilarning maqomi, soliqni ushlab qolish va O’zbekiston 
Respublikasi byudjet tizimiga o’tkazilgan sanasi ko’rsatilishi kerak.
To’lov manbaida soliq solish soliq bazasi va belgilangan stavkadan kelib 
chiqqan holda soliq agentlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Soliq agentlari soliq to’lovchining ushbu Kodeksning 
399-moddasida
ko’rsatilgan daromadlaridan hisoblangan soliq summasini mazkur daromadlar 
haqiqatda to’lanayotganda ushlab qolishi shart. 
Soliqning hisoblangan summasini soliq to’lovchidan ushlab qolish soliq agenti 
soliq to’lovchiga to’layotgan har qanday pul mablag’lari hisobidan, mazkur pul 
mablag’lari haqiqatda soliq to’lovchiga yoki uning topshirig’iga binoan uchinchi 
shaxslarga to’lanayotganda amalga oshiriladi. 
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu bo’limda belgilangan soliq 
solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga 
qarab, yil boshidan e’tiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan jismoniy 
shaxsning asosiy ish joyi bo’yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi. 


381 
Asosiy bo’lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan sovg’a, moddiy 
yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini 
qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlari to’g’risida deklaratsiya 
topshirganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o’qish) joyi o’zgargan taqdirda, jismoniy 
shaxs joriy yilda o’ziga to’langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari 
to’g’risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o’qish) joyidagi soliq 
agentiga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish 
(xizmat, o’qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to’lovchining 
identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq ushbu Kodeks 
390-moddasi 
1-bandining uchinchi xatboshisida
nazarda tutilgan chegirmalar qo’llanilmagan 
holda ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va soliq to’lovchining identifikatsiya raqami 
taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi 
ilgari asosiy ish (xizmat, o’qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda 
qayta hisob-kitob qilinadi. 
Yangi asosiy ish (xizmat, o’qish) joyida soliqni hisoblab chiqarish kalendar yil 
boshidan e’tiboran ilgarigi va yangi asosiy ish (xizmat, o’qish) joylaridan olingan 
jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Mehnat shartnomasi bekor qilingan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan to’lov 
amalga oshirilganda bunday to’lovlar ushbu Kodeksning 390-moddasi 1-bandi 
uchinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar qo’llanilmagan holda soliqqa 
tortildi. 
Jismoniy shaxslarning asosiy bo’lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan 
soliqning yakuniy summasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to’g’risida 
taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo’yicha soliq organi tomonidan 
hisoblab chiqariladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish