O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
384-modda. Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar 


366 
Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) yillik ish yakunlari bo’yicha pul mukofoti;
2) yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi nizomida nazarda tutilgan 
rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar; 
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga 
ustamalar; 
4) ta’tilga qo’shimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 
389-moddasining 10-
bandida
nazarda tutilmagan moddiy yordam;
5) ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar; 
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to’lov; 
7) mehnat natijalari bilan bog’liq bo’lmagan bir yo’la beriladigan mukofotlar. 
385-modda. Kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya) 
Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya 
to’lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq 
qo’shimcha to’lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog’li, cho’l va suvsiz 
hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsientlar bo’yicha to’lovlar). Bunda 
yuridik shaxslar xodimlarining cho’l va suvsiz joylarda, baland tog’li va tabiiy-iqlim 
sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsientlar 
hisoblashning eng yuqori summasi hisoblash sanasidagi holatga ko’ra belgilangan 
eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida belgilanadi; 
2) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 
kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida 
ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji 
uchun ish haqiga ustamalar; 
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan 
tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik 
uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar; 
4) ko’p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda 
ishlaganlik, xizmat ko’rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi 
ortganligi, o’zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo’lmagan 
xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega 
bo’lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarni vaxta usulida bajarilishini 
nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan 
normalardan ortiqcha to’lanadigan ustamalar; 
6) yuridik shaxs joylashgan erdan (yig’ilish punktidan) ishlash joyigacha va 
orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida 
bajarilgan taqdirda yo’lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik 
sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda ushlanib qolgan 
kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida to’lanadigan summalar; 


367 
7) er osti ishlarida doimiy band bo’lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash 
joyiga borish va u erdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining 
me’yoriy vaqti uchun to’lanadigan qo’shimcha haqlar; 
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti; 
9) xizmat safarlari vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha 
kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 
10) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda 
hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda 
xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati 
bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to’lovlar; 
11) xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat 
maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan 
normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to’lovlar; 
12) mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast etganlik bilan 
bog’liq zararning o’rnini qoplash uchun ushbu Kodeks 
381-moddasi ikkinchi 
qismining
10-bandida
ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar; 
13) oziq-ovqat va yo’l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yo’l 
chiptalarining qiymatini qoplash.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish