O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
46-modda. O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan 
olinadigan daromadlar 
 
Daromadlar O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar 
yoki O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar 
jumlasiga kiritilishi mumkin. 
Ushbu Kodeks maqsadlarida O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy 
faoliyatdan olingan daromadlar va O’zbekiston Respublikasining yurisdiktsiyasi, 
huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari hamda iqtisodiy munosabatlarning 
boshqa sub’ektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa 
daromad O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga 
kiradi. 
Bunday daromadlar jumlasiga, quyidagilar kiradi: 


37 
1) O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan olingan dividendlar; 
2) O’zbekiston Respublikasining qarz majburiyatlari bo’yicha olingan foizlar, 
shu jumladan chiqarilishi va muomalasi shartlari foizlar tarzida daromadlar olishni 
nazarda tutadigan davlat qimmatli qog’ozlari; 
3) har qanday turdagi qarz majburiyatlari (shu jumladan foydada ishtirok etish 
huquqiga ega bo’lgan obligatsiyalar va ayirboshlanadigan obligatsiyalar) bo’yicha 
O’zbekiston 
Respublikasining 
yuridik 
shaxslaridan, 
yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlardan va (yoki) chet ellik yuridik shaxslardan ularning O’zbekiston 
Respublikasidagi doimiy muassasalari faoliyati bilan bog’liq holda olingan foizlar; 
4) istalgan nomoddiy aktivdan O’zbekiston Respublikasida foydalanganlik 
uchun yoki ushbu nomoddiy aktivdan foydalanish huquqini berganlik uchun royalti; 
5) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar: 
a) aktsiyalar (fond birjasida realizatsiya qilinadigan aktsiyalar bundan 
mustasno), yuridik shaxslar bo’lgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav 
kapitalidagi (fondidagi) ulush (pay); 
b) O’zbekiston Respublikasida joylashgan ko’chmas mulk; 
v) mulkiy majmua sifatida O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 
korxona; 
g) O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan investitsiya 
fondlarining investitsiya paylari. Ushbu daromadlarga soliq solish xususiyatlari 
ushbu Kodeksning 339-moddasida belgilanadi. 
6) norezidentga tegishli bo’lgan va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish 
doirasidagi komissiya, komissiya shartnomalari va boshqa shunga o’xshash 
fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida O’zbekiston Respublikasi rezidenti orqali 
realizatsiya qilingan daromadlar. Ushbu bandda ko’rsatilgan daromadlar norezident 
tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar uchun olingan summaning ularni olish 
qiymatidan oshganligi, hujjatlashtirilgan holda belgilanadi. Tovarni sotib olish 
qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmaganda, to’lov manbaida 
foydalaniladigan soliqni ushlab qolish norezident tomonidan olingan barcha 
summadan amalga oshiriladi; 
7) O’zbekiston Respublikasida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni sug’urta 
qilish, birgalikdagi sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha 
to’langan sug’urta mukofotlari; 
8) O’zbekiston Respublikasi norezidentiga sim, radio, optik yoki boshqa 
elektromagnit tizimlar orqali belgilarni, signallarni, matnlarni, tasvirlarni, 
tovushlarni uzatganlik, qabul qilganlik va ishlov berganlik uchun O’zbekiston 
Respublikasi rezidentlari tomonidan to’lovni nazarda tutadigan xalqaro aloqa 
xizmatlari uchun to’lovlar; 
9) xalqaro yuk tashish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan keladigan daromadlar, 
shu jumladan yuk tashish shartnomasida nazarda tutilgan haq, yukni ortish, qayta 
ortish, tushirish va joylash uchun to’lanadigan haq. Xalqaro tashish deganda turli 
davlatlarda, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida joylashgan punktlar o’rtasida 
amalga oshiriladigan yo’lovchilar, bagaj, yuklarni, shu jumladan pochtani, daryo 


38 
yoki havo kemasi, avtomobil yoki temir yo’l transportida har qanday tashish 
tushuniladi. 
Ushbu bandning maqsadlari uchun faqat O’zbekiston Respublikasidan 
tashqarida joylashgan punktlar o’rtasida, shuningdek faqat O’zbekiston 
Respublikasi hududida joylashgan punktlar o’rtasida amalga oshiriladigan tashishlar 
xalqaro tashishlar deb tan olinmaydi; 
10) O’zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga 
berish yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olingan daromadlar, shu jumladan lizing 
operatsiyalaridan olingan daromadlar, dengiz, daryo, havo kemalari va (yoki) 
boshqa transport vositalarini, shuningdek konteynerlarni ijaraga berish yoki 
ikkilamchi ijaraga berishdan olingan daromadlar; 
11) xalqaro tashishlarda va O’zbekiston Respublikasi hududida tashish paytida 
transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko’rsatishdan olinadigan daromadlar. Bu holda 
soliq solinadigan daromad bu yukni jo’natuvchidan (yuk oluvchidan) olingan va yuk 
tashuvchisiga to’lanishi kerak bo’lgan summa, yuk tashuvchining tegishli 
boshlang’ich hujjatlari bilan tasdiqlangan summa o’rtasidagi farq sifatida 
hisoblangan mukofot summasidir. Yuk tashuvchining tegishli dastlabki hujjatlari 
bo’lmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi norezidentiga to’langan barcha 
summaga ushbu Kodeks 365-moddasining 3-bandida belgilangan stavkalar bo’yicha 
soliq solinadi. 
12) O’zbekiston Respublikasida quvurlar, elektr uzatish liniyalari, optik tolali 
va (yoki) simsiz aloqa tarmoqlari, boshqa aloqa vositalaridan, shu jumladan 
kompyuter tarmoqlaridan foydalanishdan olinadigan daromadlar. 
13) O’zbekiston Respublikasida mehnat yoki boshqa majburiyatlarni
bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan haq. Bunda O’zbekiston 
Respublikasi yuridik shaxslarining boshqaruv organlari (direktorlar kengashi yoki 
boshqa shunga o’xshash organlar) direktorilariga va a’zolariga ish haqi va shunga 
o’xshash boshqa to’lovlar, ular o’zlarining boshqaruv vazifalarini qaerda 
bajarganligi yoki ko’rsatilgan haqlarni to’lash manbalaridan qat’i nazar, O’zbekiston 
Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar hisoblanadi. Xuddi shu 
qoidalar ko’rsatilgan mukofotlar va chet ellik yuridik shaxslarning boshqaruv 
organlari a’zolariga - O’zbekiston Respublikasi soliq rezidentlariga to’lanadigan 
to’lovlarga nisbatan qo’llaniladi; 
14) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarimalar, penyalar va boshqa 
to’lovlar; 
15) O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulkka xizmat 
ko’rsatish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar; 
16) bepul berilgan mol-mulk, xizmatlar. Bepul olingan (ko’rsatilgan xizmatlar) 
mol-mulk qiymati ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
belgilanadi. 
17) talab qilish huquqini bergan norezident uchun O’zbekiston Respublikasida 
doimiy muassasa orqali faoliyat ko’rsatuvchi rezidentga yoki yuridik shaxs bo’lgan 
norezidentga qarzni undirish huquqini berishdan olinadigan daromadi. 


39 
Bunda bunday daromadning miqdori norezidentning dastlabki hujjatlariga 
binoan, topshirilgan da’vo huquqining qiymati va qarzdordan talab huquqi berilgan 
sanada olinadigan talab qiymati o’rtasidagi ijobiy farq shaklida aniqlanadi; 
19) O’zbekiston Respublikasida doimiy vakolatxona orqali faoliyat 
ko’rsatuvchi rezident yoki norezident yuridik shaxsdan, talab qilish huquqini olgan 
norezident uchun qarzni talab qilish huquqini olishda talab qilish huquqini berishdan 
olinadigan daromad. 
Bunda bunday daromadning miqdori asosiy qarzning iltimosiga binoan 
qarzdordan olinadigan summa, shu jumladan da’vo tayinlangan sanadagi asosiy 
qarzdan oshib ketgan summa va da’voni sotib olish qiymati o’rtasidagi ijobiy farq 
shaklida aniqlanadi; 
20) diskka va (yoki) aloqa kanaliga serverga ma’lumot joylashtirish hamda 
unga xizmat ko’rsatish xizmatlarini taqdim etishdan olinadigan daromadlar; 
21) boshqaruv, texnik yoki maslahat tusidagi xizmatlar uchun to’lov sifatida 
belgilangan texnik xizmatlardan keladigan daromadlar; 
22) ushbu Kodeksning 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan oddiy shirkat 
shartnomasi asosida qo’shma faoliyatda qatnashishdan olingan daromadlar; 
23) norezidentning O’zbekiston Respublikasi hududida xizmat ko’rsatishdan 
olingan boshqa daromadlari. 
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston 
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga kiritilmaydi: 
faqat bunday operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs nomidan va uning 
manfaatlarini ko’zlab amalga oshiriladigan va faqat O’zbekiston Respublikasida 
tovarlar sotib olish yoki tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 
bilan bog’liq bo’lgan tashqi savdo operatsiyalaridan olinadigan daromadlar; 
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan banklarning vakillik 
hisobvaraqlarini ochish va yuritish bilan bog’liq xizmatlarni taqdim etishdan, 
shuningdek ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdan, shuningdek xalqaro 
to’lov kartochka orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar; 
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlarni bajarish, xizmatlar 
ko’rsatishdan olinadigan daromadlar, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida 
nazarda tutilgan ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar 
mustasno. 
O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish bilan bog’liq 
operatsiyalarga nisbatan ushbu qoida quyidagi shartlar mavjud bo’lgan holda ichki 
iste’mol uchun chiqarish bojxona tartib-taomilida olib kirishga nisbatan qo’llaniladi: 
1) tovarni etkazib berish ushbu shaxs tomonidan O’zbekiston Respublikasi 
hududida joylashgan saqlash joylaridan (shu jumladan bojxona omborlaridan) olib 
borilganda; 
2) tovar chet el yuridik shaxsining O’zbekiston Respublikasidagi doimiy 
muassasasi orqali sotilmasa. 
Agar ushbu moddaning beshinchi qismida ko’rsatilgan shartlarning kamida 
bittasi bajarilmasa, O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan 


40 
daromadlari 
bo’lgan tovarlarni sotishda ushbu shaxsning O’zbekiston 
Respublikasidagi faoliyati bilan bog’liq daromadlarning bir qismi tan olinadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish