O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Chet ellik yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan joy



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

37-modda. Chet ellik yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan joy
Quyidagi shartlardan loaqal bittasiga chet ellik yuridik shaxsga va uning 
faoliyatiga nisbatan rioya etilgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi ushbu chet 
ellik yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan joy deb e’tirof etiladi: 
1) uning ijro organi (ijro organlari) faoliyatini O’zbekiston Respublikasidagi 
ushbu yuridik shaxsga nisbatan muntazam ravishda amalga oshiradi. Bunda 
O’zbekiston Respublikasidagi faoliyatning boshqa davlatdagiga (davlatlardagiga) 
nisbatan jiddiy ravishda kam hajmda amalga oshirilishi faoliyatni muntazam 
ravishda amalga oshirish deb e’tirof etilmaydi; 
2) uning asosiy (rahbar) mansabdor shaxslari (faoliyatni rejalashtirish va 
nazorat qilishga, korxonaning faoliyatini boshqarishga va buning uchun 
javobgarlikni o’z zimmasiga olishga vakolatli bo’lgan shaxslari) ushbu yuridik 
shaxsni rahbarlik asosida boshqarishni ustuvor tarzda O’zbekiston Respublikasida 
amalga oshiradi. Bunda rahbarlik asosida boshqarish jumlasiga, xususan, qarorlar 
qabul qilish va ushbu chet ellik yuridik shaxsning joriy faoliyatiga doir bo’lgan, 
boshqaruvning ijro organlari vakolatlariga kiradigan masalalar bo’yicha boshqa 
harakatlarni amalga oshirishi kiradi. 
O’zbekiston Respublikasida quyidagi faoliyatni amalga oshirganlik 
O’zbekiston Respublikasini chet ellik yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan joy 
deb e’tirof etishga sabab bo’lmaydi: 
1) uning aktsiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig’ilishi vakolatiga kiradigan 
masalalar bo’yicha qarorlarni tayyorlash va (yoki) qabul qilish; 
2) uning direktorlari kengashi majlisini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish; 
3) uning faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish doirasidagi ayrim vazifalarni 
amalga oshirish. 
Bunday alohida vazifalar jumlasiga, xususan, strategik rejalashtirish, 
byudjetlashtirish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni va boshqaruvga oid 
hisobotlarni tayyorlash hamda tuzish, ushbu chet ellik yuridik shaxsning faoliyatini 
tahlil qilish, ichki audit va ichki nazorat, shuningdek standartlarni, usullarni va 
(yoki) siyosatlarni qabul qilish (ma’qullash) kiradi. 
Chet ellik yuridik shaxsning faoliyatiga nisbatan quyidagi shartlarga bir 
vaqtning o’zida rioya etilgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi ushbu yuridik shaxs 
haqiqatda boshqariladigan joy deb e’tirof etilmaydi: 
1) faoliyat chet ellik yuridik shaxsning malakali xodimlari va aktivlaridan 
foydalangan holda amalga oshirilsa; 
2) faoliyat qaysi chet davlatda amalga oshirilayotgan bo’lsa, o’sha davlat bilan 
O’zbekiston Respublikasi soliq solish masalalariga doir amaldagi xalqaro 
shartnomaga ega bo’lsa. 


25 
Mazkur shartlarning bajarilganligi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak. 
Agar ushbu modda birinchi qismining 1-bandida va (yoki) 2-bandida 
belgilangan shartlar bir vaqtning o’zida ham O’zbekiston Respublikasiga nisbatan, 
ham biror-bir chet davlatga nisbatan bajarilayotganligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, 
agar ushbu chet ellik yuridik shaxsga nisbatan quyidagi shartlardan loaqal bittasi 
bajarilayotgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi chet ellik yuridik shaxs haqiqatda 
boshqarilayotgan joy deb e’tirof etiladi: 
1) uning buxgalteriya yoki boshqaruvga oid hisobini yuritish (bundan 
konsolidatsiyalashgan va boshqaruvga oid hisobotlarni tayyorlash hamda tuzishga, 
shuningdek uning faoliyatini tahlil qilishga doir harakatlar mustasno) O’zbekiston 
Respublikasida amalga oshirilayotgan bo’lsa; 
2) uning ish yurituvi O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bo’lsa; 
3) uning xodimlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasida amalga 
oshirilayotgan bo’lsa. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish