VP bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR
modda. Shaharsozlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti
Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari, buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushbay ishtirok etishi hisobidan amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyatini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish:
ushbu Kodeks 26-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda;
shaharsozlik faoliyatining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda;
favqulodda ekologik holatlar va ekologik falokat zonalarini, tarixiy manzilgohlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shuningdek davlat shaharsozlik kadastrini yuritishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga davlat korxonalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning bir qismi hisobidan ham amalga oshiriladi.
(57-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 7-iyuldagi O‘RQ-39-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 245- modda)
Agar hududni shaharsozlik jihatidan o‘zlashtirish davlat manfaatlari, mintaqalararo manfaatlar yoki aholi punktlari guruhlari manfaatlariga daxl etadigan bo‘lsa, shaharsozlikning o‘zga faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘laridan foydalaniladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari har yilgi qurilishlarning manzili ko‘rsatilgan ro‘yxatlarini tuzishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari o‘tkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlarga bo‘lish xaritalari, tabiatni muhofaza qilish hududiy kompleks tarhlari tuzishni, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi punktlari bosh rejalari amalga oshirilishi monitoringi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan o‘tkazilishini, shaharsozlik
hujjatlari kelishib olinishi va ekspertizadan o‘tkazilishini mahalliy budjet hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |