82-modda. Yer uchastkalarini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hamda
zararning o‘rnini qoplash
Yer uchastkalarini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga quyidagi maqsadlarda yo‘l
qo‘yiladi:
yerlarni mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari uchun,
erkin iqtisodiy zonalarni barpo etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun berish;
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib olish;
avtomobil va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari hamda
aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar,
energetika tizimlari va elektr uzatish liniyalari obyektlari, aloqa liniyalari, kosmik faoliyat obyektlari,
magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi (rekonstruksiya qilinishi);
aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan, shuningdek qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarorlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda qurishga oid qismini ijro etish.
Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari mavjud bo‘lmagan taqdirda yer uchastkalari
aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-
transport
infratuzilmasini
rivojlantirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining qarori bilan olib qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinguniga qadar tumanlar va
shaharlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari:
yer uchastkalari olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan ochiq
muhokamalar o‘tkazadi;
olib qo‘yish chog‘ida yuzaga keladigan foyda, xarajatlar va zararlarni baholashni amalga
oshiradi;
har bir mulkdor bilan kelishuvga ko‘ra ko‘chmas mulkning bozor qiymati hamda yer
uchastkalari olib qo‘yilishi tufayli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash turlari va
miqdorlari ko‘rsatilgan holda olib qo‘yilayotgan yer uchastkalarining ro‘yxatini tuzadi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladigan yer uchastkalarining ro‘yxatlari o‘tkazilgan
ochiq muhokamalar natijalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasini olib qo‘yish hamda yuridik va jismoniy shaxslarning olib qo‘yilgan yer
uchastkasidagi ko‘chmas mulk obyektlarini buzish faqat ko‘chmas mulk bozor qiymatining va
mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.
Davlat organlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan
qaror qabul qilinishi natijasida yuridik va jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat
hisobidan qoplanadi. Bunda zararning o‘rni noqonuniy qaror qabul qilgan davlat organining
budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Agar davlat organi tugatilgan bo‘lsa yoki yuridik va jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning
o‘rnini qoplash uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmasa yoki budjetdan tashqari mablag‘lar mavjud
bo‘lmasa, zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Sudning qaroriga ko‘ra, zararlarning o‘rnini regress tartibida qoplash zarar yetkazilishida aybdor
bo‘lgan davlat organlarining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |