30-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlari xususida bahslashuv
Har bir fuqaro saylovchilarning ro‘yxatlaridagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka
saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni
tekshirishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati
rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan javob berishi shart.
Uchastka saylov komissiyasining harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
5-bob. Saylov byulleteni
31-modda. Saylov byulletenining mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari
sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni viloyat, tuman
va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va
uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga
binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi.
Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi
mumkin.
32-modda. Saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan
muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan
oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini okrug va uchastka
saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan
tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi
saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni uchastka bo‘yicha
ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq bo‘lishi mumkin emas.
Saylov byulleteni o‘ng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi
imzo qo‘yadi, imzolar uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka saylov
komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga
olinmaydi.
6-bob. Kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot
vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari
33-modda.
Siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |