O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlari xususida bahslashuv



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/90
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#275218
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Bog'liq
uz codex

30-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlari xususida bahslashuv 

Har bir fuqaro saylovchilarning ro‘yxatlaridagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka 

saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni 

tekshirishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati 

rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan javob berishi shart. 

Uchastka saylov komissiyasining harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi 

mumkin. 

5-bob. Saylov byulleteni 

31-modda. Saylov byulletenining mazmuni 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  sayloviga,  Qonunchilik  palatasi  deputatlari 

sayloviga  doir  saylov  byulletenining  shakli  va  matni  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 

tasdiqlanadi. 

Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni viloyat, tuman 

va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi. 

Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va 

uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi. 

Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak. 

Saylov  byulletenlari  davlat  tilida,  shuningdek  okrug  saylov  komissiyasining  qaroriga 

binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi. 

Saylov  byulletenlarini  Brayl  alifbosi  asosida  to‘ldirish  uchun  trafaretlar  tayyorlanishi 

mumkin. 

32-modda. Saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish 

Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan 

muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan 

oladi.  Saylov  byulletenlarining  topshirilganligi  hamda  qabul  qilinganligini  okrug  va  uchastka 

saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan 

tasdiqlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari 

huzurida  tuzilgan  saylov  uchastkalaridagi  saylovchilar  soni  haqida  O‘zbekiston  Respublikasi 

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi 

saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlaydi. 

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni uchastka bo‘yicha 

ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar soniga nisbatan  yarim foizdan ortiqroq bo‘lishi mumkin emas. 

Saylov byulleteni o‘ng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi 

imzo  qo‘yadi,  imzolar  uchastka  komissiyasining  muhri  bilan  tasdiqlanadi.  Uchastka  saylov 

komissiyasi  tomonidan  tasdiqlanmagan  saylov  byulletenlari  ovozlarni  sanab  chiqishda  hisobga 

olinmaydi. 



6-bob. Kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot 

vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari 

33-modda. 

Siyosiy 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish